Buxoro viloyatida barça avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyati vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, gaz bosimining kamayişini inobatga olgan holda, birinçi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida 18 fevral kuni soat 6:00 dan boşlab, viloyatdagi barça avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça töxtatiladi.
Bunga sabab sifatida sovuq havo, kuçli yomğir va şamol oqibatida yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelib, gaz haydaş agregatlari faoliyatida uzilişlar röy berayotgani körsatilgan.
AGTKŞ faoliyatidagi özgarişlar kuzatilsa, qöşimça ma’lumot berilişi ta’kidlanmoqda.













