Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining bir qança hududlarida 50 mingdan oşiq iste’molçi vaqtinçalik elektr ta’minotidan uzilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Bunga hududlarda noqulay ob-havo kuzatilayotgani va kuçli şamol esayotgani sabab bölgan.
Jumladan:
- Samarqand viloyatining Samarqand, Past Darğom, Bulunğur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 000 iste’molçi;
- Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlarida 15 000 iste’molçi;
- Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 700 iste’molçi elektr ta’minotidan uzilgan.
«Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilib, iste’molçilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraymiz», deyiladi xabarda.
Gazlidagi avariya
17 fevral kuni vazirlik Buxoro viloyatida kuçli şamol natijasida 2 ta yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergandi.
«Bugun soat 18:03 da kuçli şamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuçlanişli «L-Gazli-1», «L-Gazli-2» elektr uzatiş tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida «Gazli» magistral gaz quvurlari boşqarmasiga qaraşli bir neçta gaz haydaş agregatlari faoliyatida qisqa muddatli uziliş kuzatilmoqda.
Mazkur tarmoqlardagi nosozlik tezkor brigada tomonidan 2-3 soat içida bartaraf etiladi va gaz haydaş agregatlari faoliyati töliq tiklanadi.
Şu vaqt oraliğida respublikaning janubiy qismiga yönaltiriladigan tabiiy gaz hajmi biroz qisqarişi, şuningdek, magistral gaz quvurlarida bosim nisbatan pasayişi holati yuzaga kelyapti.
Gaz bosimi kamayişini inobatga olgan holda, birinçi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida ayrim avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyatiga qisqa muddatli çeklovlar kiritilmoqda.













