Boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliğidan ozod qilinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan köp bolali oilalar soliq soliş maqsadida boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar deb hisoblanadi.

Qonunçilikka köra, bunday oilalar jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliğidan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Avvalroq, 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan ÖRQ–599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Soliq kodeksining 436-moddasi birinçi qismining 5-bandidagi “ön olti yoşga tölmagan beşta” degan sözlar “ön sakkiz yoşga tölmagan törtta” degan sözlar bilan almaştirilgandi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda quyidagi toifalarga kiruvçi şaxslar yer soliğidan ozod etilgan:

1) Özbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bölgan, uçala darajadagi Şuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tegişli daftarçalar, orden daftarçasi yoki mudofaa işlari bölimining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

2) uruş nogironlari va qatnaşçilari, şuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglaştirilgan şaxslar. Mazkur imtiyoz uruş nogironining (qatnaşçisining) tegişli guvohnomasi yoki mudofaa işlari bölimining yoxud boşqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boşqa nogironlarga (qatnaşçilarga) esa nogironning (qatnaşçining) imtiyozlarga bölgan huquqi töğrisidagi guvohnoma asosida beriladi;

3) I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

4) yolğiz pensionerlar. Yolğiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yaşovçi pensionerlar yolğiz pensionerlar deb tuşuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimining ma’lumotnomasi, şuningdek fuqarolar özini özi boşqariş organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

5) boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada ön sakkiz yoşga tölmagan törtta va undan ortiq bolalari bölgan oilalar soliq soliş maqsadida boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimining ma’lumotnomasi asosida beriladi;