Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili 16 fevral, juma kuni velosipedda yölning belgilanmagan qismini kesib ötayotgan yölovçini urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yölovçini urib yuborgani bilan boğliq xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
«Mazkur hodisa joriy yilning 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv şahrida sodir bölgan.
Jabrlanuvçi zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan va şifokorlar unga tezkor tibbiy yordam körsatişgan. Tekşiruvlar natijasida yölovçining soğliği bilan boğliq jiddiy, xavotirli holat yöqligi aniqlandi.
Zaruratga köra, albatta, bu borada yana qöşimça axborot beriladi. Şu örinda, yurtdoşlarimizdan yölda harakatlaniş madaniyatiga qat’iy rioya qilişlarini sörab qolamiz.
Arzimagan vaqtingizni qizğanib, yöl qoidasini buzgan holda özingiz va boşqalar hayotini xavf ostida qoldirmang. Çunki yöl xatoni keçirmaydi. Birgina xato bir umrlik afsusga sabab bölib qolmasin», deyiladi vazirlik xabarida.














