Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Falastindagi vaziyat
BMT Boş kotibining örinbosari HAMAS terrorçilik taşkiloti emasligini ta’kidladi.
«BMT HAMASni terrorçilik taşkiloti deb hisoblamaydi. Isroil Falastin qarşilik harakati vakillari bilan muzokaralar olib borib, muammoga yeçim topişi kerak», — degan BMT boş kotibining humanitar masalalar böyiça örinbosari Martin Griffits Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Ğazoda Isroil agressiyasi tomonidan öldirilgan falastinliklar soni 28 ming 775 kişiga yetdi. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, uruşning 133-kuniga kelib, yarador bölganlarning soni 68 ming 552 nafarga yetgan.
Birgina sönggi sutka içida Isroil qöşinlari 10 ta qirğin ötkazgan va unda 112 kişi halok bölib, 157 inson yarador qilingan
Jo Bayden ma’muriyatining Falastin-Isroil mojarosida sulh örnatilişi böyiça qilgan çaqiriqlariga qaramasdan AQŞ bir neça ön million dollarlik öq-dorilarni Isroil hokimiyatiga yetkazib berişni rejalaştirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Netanyahuning öğli qayerda?
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning öğli armiyadan qoçib, Amerikadagi haşamatli kvartirada yaşayotgani ma’lum böldi. Otasi isroilliklarni uruşga ölimga jönatayotgan, falastinliklarni öldirayotgan bir paytda uning erka öğli Yair Netanyahu Mayamida kayf qilib yuribdi.
Daily Mail naşri 32 yoşli Yair Netanyahuning oyiga 5000 dollarga ijaraga turgan kvartirasi fotosuratlarini körsatdi. Bu yerda uni Isroil Shin Bet xavfsizlik xizmati xodimlari ham qöriqlaşar ekan. Bino golf maydoni biqinida joylaşgan, plyajgaça 15 daqiqa piyoda yuriş kerak.
Netanyahuning öğli Ğazoda askar bölib xizmat qiliş örniga Floridada qolişni ma’qul körgan. Kiçik Netanyahu ultraöng qaraşlari, ijtimoiy tarmoqlardagi agressiv çiqişlari bilan nom qozongan va bir neça marta sudga tortilgan.
Yair Netanyahu ötgan yilning katta qismini AQŞda ötkazgan va körinib turibdiki, u istiqomat ruxsatnomasini qölga kiritmoqçi.












