Şahrisabz va Kitob tumanlarida öz xonadonida iste’molga yaroqsiz yoğ işlab çiqarayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Şahrisabz şahar, Şahrisabz va Kitob tumani bölimlari, IIB xodimlari bilan ötkazgan tezkor tadbirlarda bir qança fuqarolar öz xonadonida taşkil etgan yaşirin sexlarda iste’molga yaroqsiz yoğ işlab çiqarayotgani aniqlangan.

Ulardan 274 l yoğ, 421 kg çigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boşqa işlab çiqarişda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (çigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş yoki muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













