Qonunga köra, mehnat şartnomasi böyiça işlayotgan haydovçilar quyidagi huquqlarga ega:

  • iş beruvçidan harakatlaniş yönalişi, taşiladigan yuk haqida, öz hayoti va soğliği uçun mavjud bölgan tahdid töğrisida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta’siridan özining himoya qilinişiga doir çora-tadbirlar haqida işonçli axborot oliş;
  • şaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-boş bilan ta’minlaniş;
  • yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça şart-şaroitlarni yaxşilaş bilan boğliq masalalarni körib çiqişda iştirok etiş;
  • öz hayoti va soğliğiga tahdid soladigan vaziyatda, taşişni rad etiş;
  • yöl harakati xavfsizligi sohasida malakasini oşiriş va kasbiy qayta tayyorgarlikdan ötiş;
  • mehnat vazifalarini bajariş çoğida öz soğliğiga yetkazilgan zararning örni qoplanişi;
  • iş beruvçining yöl harakati sohasidagi ğayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qiliş.