“Dunyo” xabariga köra, 2023 yilda Özbekistonga taşrif buyurgan polşalik sayyohlar soni 8 mingtani taşkil etgan. Bu körsatkiçni 2024 yilda 25 mingga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Varşava—Toşkent—Varşava havo qatnoviga bağişlangan tarğibot tadbirida qayd etildi.
LOT Polish Airlines kompaniyasi Sotuv departamenti direktori Marta Vişnevska öz nutqida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan Özbekiston turizmiga bölgan qiziqiş yuqori ekanligini va Özbekistonning boy tarixi köplab sayyohlar kabi unda katta qiziqiş uyğotganini ta’kidladi. U bölajak havo qatnovlari Özbekiston va Polşa örtasidagi sayyohlar almaşinuvini yanada rivojlantirişga xizmat qilişini bildirdi.
Reyslar haftasiga uç marta: Varşavadan Toşkentga çorşanba, juma va yakşanba kunlari, Toşkentdan Varşavaga duşanba, payşanba va şanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oşiriladi.













