Isroil HAMAS harakati kuçlarini yöq qiliş maqsadida Ğazo sektori janubidagi Rafah şahriga hujumidan voz keçmaydi. «Kim Rafahdagi operatsiyamizni töxtatmoqçi bölsa, oxir-oqibat bizga: «Uruşni yutqazinglar» demoqda», - dedi Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu 17 fevral kuni. Hujum «tinç aholiga jangovar hududlardan xavfsiz joylarga köçişga imkon berganimizdan keyin boşlanadi», — dedi Isroil vazirlar mahkamasi rahbari.

Bundan taşqari, Netanyahu jangçilar bilan Misr va Qatar vositaçiligida uyuştirilgan muzokaralarda muvaffaqiyat qozonmaganiga işora qildi. Isroil tomoni «HAMASning aldamçi talablaridan boşqa heç narsa olmadi», dedi hukumat rahbari. Ular orasiga janglarni tugatiş, harakatni hozirgi körinişida saqlab qoliş va Isroil qamoqxonalaridagi minglab mahbuslarni ozod qiliş kiradi, deya tuşuntiradi Reuters.

Oxirgi oylarda Rafahda 1,3 millionga yaqin içki falastinlik qoçqin boşpana topgan. Norvegiya qoçqinlar kengaşi rahbari Yan Egelandning sözlariga köra, bu hududga kelganlar oziq-ovqat va içimlik suvi yetişmasligi bilan töqnaşmoqda. Yevropa va jahonning bir qator siyosiy arboblari Isroilning rejalaridan kelib çiqib, Rafah tinç aholisi taqdiridan xavotir bildirdi. 

Isroil prezidenti - ikki xalq uçun ikkita davlat yaratiş töğrisida 

Ayni paytda Isroil prezidenti Itsxak Gersog Yaqin Şarqda kelişuvga erişiş istiqboliga izoh berdi. Isroil-Falastin mojarosini tinç yöl bilan hal qiliş mintaqadagi boşqa davlatlar bilan tuzilgan keng qamrovli kelişuv doirasidagina mumkin, dedi Gersog Myunxen xavfsizlik konferensiyasida. «Isroil xavfsizligi masalasiga samarali yeçim topmagunimizça, bu sodir bölmaydi», - deya Isroil prezidenti Falastin davlatini yaratiş imkoniyati haqidagi savolga şunday javob berdi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.