Ukrainadagi uruşning 725-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainlarning DeepState monitoring loyihasi rossiyalik harbiylar Avdiyivkada asirlikka tuşgan olti nafar ukrain harbiysini öldirgani haqida xabar berdi. RF mudofaa vazirligi şahar egallangani haqida 17 fevral kuni e’lon qilgandi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi har kunlik hisobotida «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasi halokati ortidan RF Qora dengiz floti rahbari Viktor Sokolov işdan olingani haqida xabar berdi. Sokolovning iste’fosi haqidagi xabar rasman tasdiqlanmagan.
- Rossiya qöşini Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuçlari xabariga köra, 14 ta apparatdan 12 tasi urib tuşirilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
- Qutqaruvçilar 17 fevral kuni rossiyalik harbiylar tomonidan öqqa tutilgan Kramatorsk va Slovyanskda xarobalar ostidan tört kişining jasadini çiqarib olgan.
- Boris Nemsovning qizi Janna Nemsova Navalniyning ölimiga javoban Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar qöllovni kuçaytiriş lozimligini aytdi.
Okkupatsiya ostidagi Panteleymonovka öqqa tutilişi oqibatlari
«DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Puşilin 17 fevral kuni Panteleymonovka posyolkasi öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan tört kişi halok bölib, yana olti kişi jarohat olgani haqida xabar berdi. Ikki qavatli köp kvartirali uy vayron bölgan: «Binoning yarmi qulagan va yonğin çiqqan. Xarobalarni tozalaş çoğida uç kişi qutqarildi», — deyiladi Puşilinning xabarida. Qurbonlar orasida — 2009 yilda tuğilgan qiz ham bor.
Keyingi kuni, 18 fevralda, mahalliy rasmiylar «raqibning kassetali öq-dorilari detonatsiyaga uçraşi oqibatida» olti kişi jarohat olgani haqida xabar berdi. Panteleymonovkada jarohat olganlar orasida 2012, 2013 va 2014 yillarda tuğilgan uç bola ham bor; ularning holati oğir, deb baholanmoqda, degan Puşilin.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
























