16 fevral kuni Sibirdagi qamoqxonada vafot etgan Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnaya mamlakat prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, öğlining jasadini berişlarini söradi.
«Beşinçi kunki öğlimni köra olmayapman, uning jasadini berişmayapti. U qayerda ekanini ham aytişmayapti. Vladimir Putin, men sizga murojaat qilmoqçiman: barçasi sizning qaroringizga boğliq, öğlimni körişga bering axir. Uni odamday dafn etişim uçun tezda jasadini berişlarini talab qilaman», degan muxolifatçining onasi.
2020 yilda Yuliya Navalnaya ham Putinga murojaat qilib, zaharlangan Navalniy 21 avgust kuni mamlakatdan taşqariga olib çiqilişiga ruxsat söragandi. 22 avgust kuni esa sanitar samolyot siyosatçini olib Germaniyaga uçgandi.
Navalniy 16 fevral kuni, qamoqxona axborotiga köra, sayr vaqtida özini yomon his qilib, huşini yöqotgan va şundan keyin öziga kelmagan. Navalniyning jamoasi jasadni berişmayotgani uning tanasidagi qotillik alomatlarini yaşirişayotgani bilan boğliqligini aytmoqda. 20 fevral kuni Navalniyning advokatiga uning tanasi kamida 14 kungaça berilmasligini aytişgan.
20 fevral kuni Aleksey Navalniyning ukasi Oleg Navalniy qidiruvga berilgani ma’lum böldi. TASS agentligiga köra, unga nisbatan jinoiy iş oçilgan. Naşr aynan qaysi modda bilan iş oçilganiga oydinlik kiritmadi. Uni 2022 yilda ham qidiruvga berişgandi.













