Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytişiça, Rossiya qöşinlari Ukrainaga yordam körsatişdagi keçikişdan foydalanib, köp sonli zaxiralarni frontga olib kelmoqda. «Hozirda frontning bir qança qismlarida, aniqroği Rossiya qöşinlari maksimal zaxiralari töplangan joylarda vaziyat juda oğir», dedi Ukraina davlati rahbari 19 fevral, duşanba kuni Ukraina qurolli kuçlarining Xarkiv viloyati Kupyansk yönalişidagi pozitsiyalariga taşrif buyurganidan söng vatandoşlariga qilgan videomurojaatida.
«Ular Ukrainaga yordam berişdagi keçikişlardan foydalanmoqda va bu juda aniq narsalar: artilleriya yetişmasligi, havo hujumidan mudofaa zarurati va qurollar», - dedi Zelenskiy hamda Kiyev hamkorlar bilan «qöllab-quvvatlaşni tiklaş va kengaytiriş ustida» qattiq işlayotganini qöşimça qildi.
Zelenskiy barça ukrainaliklarga va qurol-yaroğ, snaryadlar, dronlar hamda elektron uruş uskunalarini işlab çiqarişni yölga qöygan kompaniyalarga alohida minnatdorçilik bildirdi.
Ukraina prezidenti devoni matbuot xizmati xabar berişiça, Zelenskiy Kupyanskni himoya qiliş böyiça jangovar topşiriqlarni bajaruvçi knyaz Buyuk Roman nomidagi 14-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadaning batalon qömondonlik punktiga taşrif buyurgan.













