AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi Texas departamentidagi uçraşuv doirasida Texas ştati va Özbekistonning fitosanitariya xizmati örtasida paxtaçilik va uruğçilik yönalişida hamkorlik masalalari muhokama etildi. Ştatning ğöza zararkunandalariga qarşi tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Özbekiston hududida ğöza parvarişidagi muammolardan biri tuproqning şörlanişi ekanligi aytib ötildi. Ekin maydonlarining degradatsiyasining oldini oliş maqsadida hamkorlik qilişga kelişib olindi. Şuningdek, oliy ta’lim yönalişida hamkorlik masalalari ham körib çiqildi. Jumladan, agrar sohada mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy almaşinuvni yölga qöyişga kelişildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Ösimliklar karantini va himoyasi agentlik xodimlari Texas ştati ösimliklar karantini xizmatida ham bölib, paxta yetiştiriş amaliyoti bilan tanişdi. Ma’lumki, AQŞda yetiştiriladigan paxta mahsulotining katta hajmi aynan şu ştat hissasiga töğri keladi. Texas ğöza haşarotlariga qarşi kuraş tizimi böyiça katta tajribaga ega.
Şuningdek, uçraşuv davomida uruğlarni tekşiriş, umuman çegara maskanlarida karantin nazoratini olib boriş tartibi haqida ma’lumot berildi. Fitosanitar sertifikat rasmiylaştiruvi tartibiga ham e’tibor qaratildi.













