Qozoğiston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) birinçi öqişda qonunçilikda pedofiliya va bolalarni öldirganlik uçun faqat umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvçi tuzatişlarni qabul qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Gap «Ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlaş töğrisida»gi qonun loyihasi haqida bormoqda. Unda, jumladan, voyaga yetmagan yoki noçor holatda bölgan şaxsni qiynoqqa soliş, soğliğiga oğir va örtaça oğirlikdagi zarar yetkazganlik uçun qamoq jazosi nazarda tutilgan. Hozir bunday jinoyatlar uçun erkinlikni çeklaş yoki şartli jazo berilişi mumkin, yangi qonunda uşbu bandlar çiqarib taşlanadi.
Bundan taşqari, voyaga yetmagan şaxsni öldiriş yoki pedofiliya uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi muqobili bölmagan jazo joriy etiladi.
Şu bilan birga, salomatlikka yengil zarar yetkazganlik uçun, şuningdek, döpposlaganlik uçun jinoiy javobgarlik tiklanmoqda.
Öz joniga qasd qilişga undaganlik yoki öz joniga qasd qiliş darajasiga yetkazganlik uçun 5 yildan 9 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanadi.
Şuningdek, öz joniga qasd qilişni tarğib etganlik uçun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Voyaga yetmagan şaxsga nisbatan bulling yoki kiberbulling uçun ham ma’muriy jarima qöllanadi.
Qonun prezident Qosim-Jömart Töqayev topşiriğiga köra işlab çiqilgan, uning muhokamasi ötgan yildan beri davom etayotgan edi.













