Rossiyalik harbiy muxbir, «Nam pişut iz Yaniny» telegram-kanali muallifi, RF armiyasining Murz laqabi bilan tanilgan harbiy xizmatçisi Andrey Morozov öz joniga qasd qildi. Uning ölimi haqida 21 fevral tongida «PriZrak Novorossii», «Soldatskaya pravda» va «Zapiski Veterana» kabi Z-kanallar xabar tarqatdi.

Harbiy muxbirlar bilan gaplaşgan advokat Maksim Paşkovning aytişiça, Murz özini otgan. «Tunda biz u bilan gaplaşgandik. Bunday bölişining heç qanday belgilari yöq edi», — deya qöşimça qilgan Paşkov. Igor Strelkovning rafiqasi Miroslava Reginskaya ham Murz halok bölganini tasdiqlagan. «Uni nima öldirganini köproq odamlar bilişi kerak», — deya yozgan Reginskaya öz telegram-kanalida va «Nam pişut iz Yaniny» kanalidagi sönggi postdan skrinşot keltirgan.

«DXR» jamoat palatasi rahbari Aleksandr Kofman Murzning ölimi yuzasidan hamdardlik bildirgan. «Tinç uxla, Murz. Sen ulkan xatoga yöl qöyding, ammo uning uçun endi sendan boşqa heç kim javob bermaydi…» — deya yozgan u telegram-kanalida. «Meduza»ning e’tibor qaratişiça, Rossiyadagi RIA Novosti va TASS davlat agentliklari, şuningdek «Rossiyskaya gazeta» Kofmanning postiga asoslanib tarqatgan xabarlarida Murz vafot etganini yozişgan, ammo u öz joniga qasd qilganiga töxtalmagan.

RF mudofaa vazirligi ham Murzning vafoti yuzasidan izoh bermagan.

Andrey Morozov öz kanalidagi sönggi postlarda ölim oldidan yozilgan gaplarini joylaştirgan va «özini otmoqçiligi»ni bildirgan. U ölimidan «qayğuga tuşmaslik»ni va özini «LXR»dagi qabristonga kömişni söragan.

Postlarda aytilişiça, 20 fevral kuni qömondonlik Murzni kanaldan qaysidir xabarni öçirişga majburlagan. Gap katta ehtimol bilan Murz Donetsk oblastining Avdiyivka şahrini egallagani yuzasidan bildirgan şarhi haqida ketmoqda. «Harbiy muxbir» anonima manbasiga tayangan holda Rossiya armiyasining Avdiyivkaga yuriş davomidagi tiklanmas yöqotişlari soni 16 ming kişini taşkil etgan, bundan taşqari, 300 ga yaqin zirhli texnikalar yöq qilingan.

Rossiyalik propagandaçilar bu post uçun Murzni qattiq tanqid qilib, uning Avdiyivkadagi yöqotişlar töğrisidagi sözlari «feyk va RF mudofaa vazirligiga tuhmat hisoblanişi»ni aytişgan, deya yozadi BBC rus xizmati. Morozovning telegram-kanalida aytilişiça, uning postini öçiriş töğrisidagi buyruq «Vladimir Solovyov boşçiligidagi siyosiy fohişalar bosimi ostida» berilgan.

«Solovev Live» efirida Morozovni bulling qilişda iştirok etgan rossiyalik propagandaçi Yuliya Vityazeva ham öz telegram-kanalida uning ölimi haqida post yozgan, ammo uning nomini keltirmagan. Vityazeva «özini öldiriş — gunoh, zaiflik va mağlubiyat» ekanini ta’kidlab,  sodir bölgan voqea «öz dösti va quroldoşining muammolari haqida bilaturib, unga heç qanday yordam körsatmaganlarning vijdoniga havola» ekanini qöşimça qilgan. U avvalroq öz postida Morozovni özini öldirişga çaqirgandi, hozirda bu post öçirib yuborilgan. Vladimir Solovyov öz manziliga bildirilgan ayblovlarga munosabat bildirmagan.