Dunyoning juda köp mamlakatlari öz tajribasida 5 kunlik iş tizimini sinab kördi va joriy qildi. 5 kunlik iş haftasi xodimlarga iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni saqlaşga imkoniyat berib, iş samaradorligini oşirişi isbotlandi. Bu xodimlarga jismoniy va ruhiy salomatlikni tiklaş, oilalari va farzandlari uçun yetarli darajada vaqt ajratiş imkonini beradi. Ularda stress kamayadi, şaxsiy hayoti yaxşilanadi.
Butun dunyo mamlakatlari xodimlarning iş va şaxsiy hayotlarini muvofiqlaştirişga urinayotgan paytda Özbekistondagi ayrim taşkilotlarda faoliyat yuritadigan xodimlarning oilalari izdan çiqiş yoqasiga kelib qolgan. Bu haqida ularning ayollari yozişmoqda.
Nasiba, 29 yoşda:
— Turmuş örtoğim bilan sevişib turmuş qurganmiz, ikki farzandimiz bor. Ikkimiz ham oliy ma’lumotlimiz. Turmuş örtoğim yaxşi joyda işlaydi, kiçikroq bölsa-da lavozimi bor, maoşi ham yomon emas.
Özim ham örtaça maoşga işlayman, ikkimizning oyligimiz yaşaş uçun bemalol yetadi. Unda muammo nimada dersiz? Muammo şundaki, turmuş örtoğim işdan juda keç qaytadi, işda ezib işlatişadi. Tunda soat 2 gaça, ba’zan sahar soat 4 gaça ham işda qoladi. Aytişiça, rahbar işxonadan çiqib ketmagunça biror xodim uyiga ketişi mumkin emas ekan.
Unga bu işdan ketişi kerakligini aytyapman, hatto oyligi kamroq bölsa ham mayli dedim. Çunki sutkalab ötirib işlaşdan, stressdan semirib ketyapti, qattiq horiganidan yuzi qarib soçlari oqarib ketdi. Lekin bu işdan ketişni xohlamaydi, karera uçun. Çunki turmuş örtoğim qobiliyatli kadr.
Şu tufayli oilamizda turli nizolar kelib çiqyapti, bolalarim otasini körişga ham ulgurmay qoladi. Yarim tunda kelib, ular uyğonmasdan yana işga ketadi. Er-xotin sifatida ham oramiz uzoqlaşib ketyapti. Oila tinçligiga ta’sir etuvçi taşqi omillarni kim nazorat qiladi? Yaxşi xodimlarni ezib, bosim ostida işlatişdan kim manfaat topadi? Xodimni zombi kabi manipulyatsiya qilib işlatiş nega kerak?
Hozirdan öğlim va qizimning quloğiga uqtiryapman – davlat işxonasida işlamaysan, deb. Atrofdagi turmuş örtoği xorijda işlayotgan ayollarni ham köraman, ularni tuşunaman. Ammo şu yerda yaşab ham oilasiga vaqt ajrata olmayotgan xodimlarning oilasi ulardan kam aziyat çekmayapti. Bu vaziyat sabab qançadan qança davlat xizmatçilarining bolalari ota mehrini körmay ösyapti, yaqinlar jabr çekyapti. Şu sabab oilasi buzilib ketayotganlar bor axir.
Sabriya, 34 yoşda:
— Turmuş örtoğim organ xodimi. Haftada bir kun yakşanbani kutamiz, u bilan gaplaşiş uçun. Ba’zida hatto dam oliş kunida ham işga borişga majbur, çaqirib olişadi. Qarindoşçilik, bayramlar, töylar, janozalarda umuman qatnaşolmaydi. Ota-onasidan xabar olişga ham vaqt topa olmay asabiylaşadi ba’zida. Bolalarni faqat uxlab yotganda köradi. Dam oliş kunlari işga çaqirişganda, bormang, majbur emassiz bunga, bolalar sizni soğinişgan, desam jahli çiqadi. Gap eşitaman, deydi.













