Özbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan çeklovlar 22 fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqiçma-bosqiç olib taşlanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

17 fevral kuni Buxoro viloyatidagi «L-Gazli-1» va «L-Gazli-2» yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlaridagi nosozlik ortidan gaz kompressorlarida yuzaga kelgan muammolar 21 fevral kuni soat 15:10 da töliq bartaraf etilgan.

Natijada, gaz quvurlarida gaz aylanişi biroz muvozanatlaşib, energobloklarga gaz yetkazib berişda tösiqlar kamaygan. Energobloklarda ikki kundan buyon rejadan köproq tok işlab çiqiş kuzatilmoqda.

Vazirlik matbuot kotibi Hasan Toşxöjayevning aytişiça, metan zapravkalar bilan boğliq vaziyat haqida kun davomida mahalliy hokimliklar axborot resurslarida, şuningdek, «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati va Energetika vazirligining rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib boriladi.

Ma’lum qilinişiça, 21 fevral kuni mamlakatdagi 407 ta metan zapravka orqali ijtimoiy sohalar — tibbiyot muassasalari, jamoat transportlari hamda şu kabi boşqa obektlarga tegişli avtomobillarga 2 mln 607 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berilgan.

«Avtobenzin va dizel yonilğisi aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 21 fevral kuni «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalariga 4 ming 501 tonna avtobenzin yetkazib berilgan. Şuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida sotiş uçun qöyilgan 9 ming 110 tonna avtobenzinning 4 ming 276 tonnasi, 2 ming 100 tonna dizel yonilğisining esa 1 ming 308 tonnasi sotilgan», deyiladi xabarda.

Metan zapravkalar faolyatiga çeklov gaz bosimning kamayganini inobatga olgan holda, birinçi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida 18 fevral kuni kiritilgandi.