Havo harorati pasayişi sababli 4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gaça «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritiladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
«Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi natijasida tabiiy gazga bölgan talab oşdi. Şu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayişi kuzatilmoqda. Şunday hollarda birinçi navbatda aholi xonadonlari, şuningdek, ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş ustuvor vazifa hisoblanadi. Şu munosabat bilan, bugun, 4 mart kuni soat 19:00 dan 5 mart kuni soat 10:00 gaça Respublikamizdagi «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtinça çeklov joriy etiladi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, ijtimoiy soha obektlariga xizmat körsatuvçi va jamoat transport vositalari uçun gaz ta’minoti çeklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.

















