Samarqand şahrining Qorasuv massivida qad rostlayotgan maktab qurilişi davomida loyihadan çetlaşib, arzon materiallardan foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, «T.Q» quriliş korxonasi loyihada faollar zali va sport zali tom qismiga gazoblok terilişi körsatilgan bölsa-da, amalda boşqa materiallardan foydalangan. Bundan taşqari devorlarga gazobloklar terilişida quriliş me’yorlari qoidalariga amal qilinmagan, ya’ni oraliq çoklari qorişma bilan töliq töldirilmagan. Örnatilgan oynalar oraliği ham maxsus qorişma bilan töldirilmagan.
Uşbu qoidabuzarliklar Samarqand viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan Samarqand şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Şuningdek, obektda xavfsizlik texnikasi qoidalariga umuman amal qilinmagani, işçilar maxsus kiyim-boş bilan ta’minlanmagani aniqlangan. Obektda buyurtmaçining texnik, loyihaçining mualliflik, pudratçining içki nazorati olib borilmagani ta’kidlanmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklar inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, quriliş-pudrat taşkiloti mas’ullariga kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan yozma körsatma berilgan. Loyihadan çetlaşgan holda devorlarga terilgan beton bloklar buzdirilgan.












