Davlat soliq qömitasi Yandex Go yölovçilarga naqd puldagi tölovi uçun elektron çek berişni boşlaganini ma’lum qildi. Qömitaga köra, onlayn-taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalaşganidan keyin yölovçi taşiş dinamikasi Soliq qömitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.
“Ötgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln taşuvlar amalga oşirildi. Yölovçi taşiş faoliyati 80,1 ming nafar özini özi band qilgan haydovçi tomonidan amalga oşirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Taşiş xizmatlari 113,5 ming nafar özini özi band qilgan haydovçi tomonidan körsatildi.
Soliq qömitasi boşqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalaşuvini ta’minlaş va tölov şaklidan qat’i nazar, yölovçilarga çek beriş böyiça işlarni davom ettirmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Yandex Go xizmati Soliq qömitasining talabi bilan Özbekiston rezidentiga aylanib, qonunçilikda belgilangan barça soliqlarni tölay boşlagani, şu bilan bir paytda haydovçilardan oladigan xizmat komissiyasini oşirgani xabar qilingan edi. Soliq qömitasi uşbu kompaniya 1-6 dekabr oraliğida 13,5 mlrd sömlik 800 483 ta çek şakllantirganini ma’lum qilgandi. Bu paytda Yandex Go faqat karta orqali tölovlar uçun çek berardi.
Yil yakunida Raqobat qömitasi Yandex Göning bozordagi ustun mavqeyini tan oldi. Aniqlanişiça, Özbekistonda taksi agregatorlari va dispetçerlik xizmatlari bozori yuqori darajada konsentratsiyalaşgan bölib, bu bozorning 86,3 foiz uluşi birgina Yandex Go hissasiga töğri keladi. Şunga köra, monopoliyaga qarşi organ bu kompaniyaning öz ustun mavqeyini suiiste’mol qilmasligini nazorat qilib borişi lozim böladi.













