20 fevral kuni e’lon qilingan maqolada aytilişiça, 850 dan 1000 nafargaça bölgan askarlar asirga tuşgan bölişi mumkin yoki bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

«Ukrainaning çekiniş jarayonidan xabardor bölgan ikki askar 850 dan 1000 nafargaça askar asirga tuşgan yoki bedarak yöqolgan deb hisoblamoqda. Ğarb rasmiy şaxslari ham bu miqdor töğridek körinayotganini aytişmoqda», — deya yozgan naşr.

«Tavriya» operativ-strategik qöşinlar guruhi vakili Dmitro Lixovoy BBC Ukraina xizmatiga bergan intervyusida bu ma’lumotni rad etgan. «Bu holatda NYT rossiyaliklarning narrativlarini tarqatmoqda», — degan u.

Uning tuşuntirişiça, Avdiyivkadagi amaliyotning sönggi bosqiçida duşmanning ustun kuçlari bosimi ostida bir qança ukrain harbiy xizmatçilari asir tuşişgan. Ammo gap yuzlab harbiylar haqida bormaydi.

«Hozir biz „ma’lum miqdordagi harbiylar aloqaga çiqmagani“ fakti bilan işlayapmiz. Axir avvaliga bedarak yöqolgan deb hisoblangan ayrim harbiy xizmatçilar vaqt ötib biz bilan aloqaga çiqişmoqda; ular hospitallarda yoki öz bölinmalariga qöşilişmoqda», — degan u.

Lixovoyning sözlariga köra, bu xabarlar — Rossiya bomba va snaryadlar bilan birgalikda qöllaydigan «axboriy tajovuzi»ning bir qismidir.

«Rossiya propagandasining yuzlab yoki minglab asirlar haqidagi xabarlari — heç narsani tasdiqlamaydigan dezinformatsiya. Yoki, oçiğini aytganda, butkul yolğon», — degan «Tavriya» guruhi rasmiysi.

U ukrain qöşini ham rossiyalik harbiylarni asir olganini qöşimça qilgan.

NYT nimalarni yozgandi?

NYT ukrain qöşini olib çiqilişi yaxşi rejalaştirilmagan va tartibsiz keçgan, degan xulosaga kelgan ğarblik mulozimlardan iqtibos keltirgandi.

Naşr askarlar bilan intervyularga havola qilgan holda ukrain qöşini ötgan haftada Rossiya qöşini Avdiyivkada bu qadar tez ilgarilaşiga tayyor bölmagani haqida yozgan.

Ukraina muntazam piyoda kuçlar çekinişi uçun vaqtdan yutiş maqsadida maxsus amaliyot kuçlari va saralangan 3-alohida desant-şturm brigadasini işga soldi. Ammo bu bölinmalar rossiyaliklarning harakatini sekinlaştira olmadi va ukrain harbiylarining barçasini olib çiqa olmadi.