Falastindagi vaziyat
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu HAMASni tag tubi bilan yöq qiliş maqsadida hamon barqaror ekanini ta’kidladi.
«Biz HAMASni yöq qilamiz va heç kim bizni töxtata olmaydi», degan u.
Netanyahuning qayd etişiça, toki HAMAS butunlay yöq qilinmas ekan va garovdagilar ozod qilinmas ekan, heç qanday taşqi bosim HAMASga qarşi uruşni davom ettirişdan töxtata olmaydi.
«Biz oldimizga qöyilgan barça maqsadlarimizga, jumladan, garovdagilarni har qanday yöl bilan ozod etilişiga erişmagunimizça kuraşda davom etamiz. Uşbu uruş tufayli Isroil içki va taşqi bosim ostida qolgan», — degan Netanyahu.
Isroil Ğazo sektorida uruş boşlanganidan buyon ksklavdagi qöşinlari sonini minimumgaça qisqartirgani ma’lum qilinmoqda.
Falastin ekslaviga bostirib kirilganidan 4 oy ötib, Isroil armiyasi bir oy avvalgiga nisbatan ikki barobar kam qöşin qoldirgan.
Xon-Yunus şahrining ğarbiy qismida va sektor janubida 7 ta brigadadan 2 tasi qoldirilgan. Ynet yangiliklar saytining qayd etişiça, şaharda operatsiyalarning davom ettirilişi HAMASga garovdagilarni ozod qiliş böyiça muzokaralarda bosim ötkazişda davom etişga qaratilgan.
Amerikaning uruşga bahosi
AQŞ Rossiya Ukrainadagi uruşda taşabbusga ega böldi, deb hisoblamaydi, biroq uning jang maydonlaridagi muvaffaqiyatlarini tan oladi, degan Davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller.
«Yöq, biz aslo Rossiya taşabbusga ega bölmoqda, deb hisoblamaymiz. Agar siz uruşning ikki yillik emas, yaqin tört-beş oydagi dinamikasini olsangiz, ha, Rossiya jang maydonlarida ayrim ğalabalarni qölga kiritmoqda. Bunga sabab esam Ukraina öz qöşinlarini qurol-yaroğ va öq-dorilar bilan ta’minlay olmayotganida», — degan Miller an’anaviy brifingda.
Uning tuşuntirişiça, ukrainalik harbiylarda öq-dorilar bilan boğliq tanqislikka sabab AQŞ Kongressida Kiyevni qöşimça moliyalaştiriş masalasi depsinib qolganida va u qonunçilarni tezroq yordamni ma’qullaşga çaqirdi.











