Rossiyada onasi qamalib, özlari qarovsiz qolib ketgan opa-singil Moskvadagi elçixonaga olib borildi. Ular tez kunda Özbekistonga jönatiladi. Hozirda buning uçun qizlarning tergov hibsxonasida saqlanayotgan onasidan işonçnoma va rozilik xati olişga harakat qilinmoqda.

Ammo Kun.uz manbasining aytişiça, qizlarni Özbekistonda qaramoğiga oluvçi oila aniq emas. Çunki qarindoşlari ularni qabul qilişni istamayapti.  

Asli qaşqadaryolik bölgan Iroda ismli ayol Rossiyada ikki qizi bilan yaşagan. 4 oy oldin u jinoyat qilişda gumonlanib qölga olingaç, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanişlari Özbekistonga qönğiroq qilib, qizaloqlarning bobosi va toğasi bilan gaplaşgan hamda bolalarni Özbekistonga jönatib yubormoqçi bölişgan. Ammo negadir ularni na bobosi, na boşqa yaqinlari qabul qilişni istamagan.  

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat örganilib, bolalarni Özbekistonga qaytariş çoralari körilişini bildirgan edi.  

Holat yuzasidan rasmiy axborot bergan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ayolning ikki nafar qizi uy şaroitida tuğilgani va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöqligini, ayol bolalarini özbekistonlik vatandoşi J.A. qaramoğiga taşlab, noma’lum yönalişda ğoyib bölganini ma’lum qildi. Agentlik tomonidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan bolalarning uyda tuğilganlik holatini rasmiylaştiriş va ularga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etiş çoralari körilayotgani xabar qilingandi.