Avstriyaning sobiq kansleri Sebastyan Kurs sud tomonidan «Ibitsa-geyt» deb nomlanuvçi şov-şuvli korrupsiya işi böyiça tergov olib borayotgan parlament qömitasiga yolğon körsatma berganlikda aybdor deb topildi. 23 fevral, juma kuni jinoyat işlari böyiça Vena sudi sobiq hukumat rahbarini bu borada sakkiz oylik şartli muddatga hukm qildi.

Ayblov ÖBAG davlat investitsiya holdingi kuzatuv kengaşiga tayinlovlarga tegişli, deya aniqlik kiritadi AFP. Şu bilan birga, Sebastyan Kurs özining işonçli odami Tomas Şmidni holding direktorlar kengaşiga tayinlaş ayblovi böyiça oqlandi. 

Kursning vazirlar mahkamasi sobiq rahbari Bernxard Bonelli ham parlament qömitasi oldida yolğon körsatma berganlikda aybdor deb topildi. Sud uni olti oyga şartli qamoq jazosiga hukm qildi. Ikkala holatda ham sinov muddati - uç yil.

Sud majlisida Kurs öz aybini tan olmasligini ta’kidladi. «Bu meni juda hayratda qoldirdi. Buni adolatli emas deb hisoblayman», dedi u keyinroq hukmni şarhlar ekan. «Keyingi bosqiçda özimizni haq ekanligimizni isbotlaşimizga juda optimistik qarayapman», - deya qöşimça qildi sobiq kansler. Kursning advokatlari avvalroq apellyatsiya beriş niyatini bildirgan edi. 

Avstriyadagi «Ibitsa-geyt» mojarosi 

«Ibitsa-geyt» nomi bilan maşhur bölgan janjal 2019 yilning may oyida boşlangan va Avstriyada katta rezonansga sabab bölgan edi. Öşanda 2017 yil iyul oyida Ispaniyaning Ibitsa orolidagi villada yaşirin kamera tomonidan yozib olingan video ommaga tarqaldi. Unda Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Xayns-Kristian Ştraxe 2017 yilgi parlament saylovlari arafasida göyoki «rossiyalik oligarx jiyani»ga saylovoldi kampaniyasini qöllab-quvvatlaş evaziga hukumat şartnomalarini va’da qilgani tasvirlangan.

«Ibitsa-geyt» natijasida Sebastyan Kurs 2021 yilda siyosatdagi faoliyatini yakunladi. Hozirda u bir qator xalqaro kompaniyalarda işlaydi. Avstriyada Kurs davlat mablağlarini özlaştirgani uçun ham tergov qilinmoqda.