Oq uy Ukrainadagi uruş va Aleksey Navalniyning ölimi tufayli Rossiyaga qarşi 500 ta yangi sanksiya joriy etilganini e’lon qildi. 

Çeklovlar Rossiya moliya sektori, harbiy-sanoat kompleksi, xaridlar tarmoği iştirokçilari, sanksiyalardan böyin tovlaganlar va Navalniyning qamoqqa olinişi uçun javobgar bölganlarga qaratilgan. 

Jumladan, röyxatda 16 fevral kuni Navalniyning ölimini e’lon qilgan Yamalo-Nenets avtonom okrugi Federal jazoni ijro etiş xizmati (FJIEX) boşqarmasi boşliği Igor Rakitin ham bor. Navalniy ölimidan uç kun ötib, Vladimir Putin tomonidan general-polkovnik unvoniga kötarilgan FJIEX direktori örinbosari Valeriy Boyarinev ham sanksiyalarga tortilgan. 

Sanksiyalar röyxatiga 90 ta korxona va taşkilot, 500 ga yaqin jismoniy şaxs kiritilgan. 

Bundan taşqari, «Rossiya harbiy maşinasi»ni qöllab-quvvatlovçi 100 ga yaqin taşkilotga yangi eksport çeklovlari kiritilgan. Bayonotda aytilişiça, Oq uy Rossiyaning energetika daromadlarini yanada kamaytiriş uçun çora körmoqda. 

Sanksiyalar «Putinning xorijdagi tajovuzkorligi va mamlakatdagi repressiyalari bundan ham qimmatroqqa tuşişini ta’minlaydi», dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden. Şu bilan birga, u öz jamoasiga «fuqarolik jamiyati, mustaqil ommaviy axborot vositalari va butun dunyo böylab demokratiya uçun kuraşayotganlarni» qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga körsatma berganini qöşimça qildi. 

Bayden, şuningdek, AQŞ Kongressi Vakillar palatasini Ukrainaga harbiy yordam körsatiş böyiça ikki partiyaviy qonun loyihasini ma’qullaşga çaqirdi.