«Dunyo» xabariga köra, muloqot çoğida tomonlar sönggi yillarda Özbekiston va mazkur jamğarma örtasidagi aloqalarning yanada faollaşganini ta’kidladi. Mamlakatda BMT Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi investitsiyalari iştirokidagi loyihalarni amalga oşiriş natijasida boğdorçilik va sutçilik yönalişida 100 mingdan ziyod qişloq aholisi manfaatdor bölgani aytib ötildi.

«Özbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkorimiz deb bilamiz. Sönggi yillarda jamğarmaning Özbekistondagi loyihalari hajmi jadal sur’atlarda oşib borayotgani quvonarli. E’tiborlisi, özaro aloqalarimiz yangi bosqiçga çiqdi. Buning yorqin dalili sifatida jamğarma vakolatxonasining Toşkentda oçilişini aytişimiz mumkin», – deya ta’kidladi jamğarma rahbari Alvaro Lario.

Jamğarmaning 2023-2027 yillarga möljallangan dasturi «Özbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan keng kölamli islohotlarga hamohang bölib, unga hissa qöşişi, xususan, fermerlar daromadini ikki barobar oşirişda yordam berişi urğulandi.

Tomonlar kelgusida mamlakat qişloq xöjaligi sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilişda uşbu jamğarma salohiyatidan kengroq foydalaniş masalalarini muhokama qildi.

BMT Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi rivojlanayotgan davlatlarning qişloq xöjaligini rivojlantiriş, dehqon va kiçik fermerlarni qöllab-quvvatlaş hamda kambağallikni qisqartiriş böyiça loyihalarni moliyalaştirişga ixtisoslaşgan moliya instituti hisoblanadi. Özbekiston 2011 yilda uşbu jamğarmaga a’zo bölgan.