2024 yilda hududda jami 6,5 trln sömlik 421 ta investloyiha amalga oşiriladi. Banklar yordamida 86,6 nafar sub’yektni biznesga jalb qiliş rejalaştirilmoqda, şundan:

  • özini özi band qiliş hisobidan – 64 ming nafar;
  • YaTTni röyxatdan ötkaziş hisobidan – 5,8 ming nafar;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini röyxatdan ötkaziş hisobidan – 6,5 ming nafar;
  • dehqon xöjaliklarini hisobga oliş yöli bilan – 10,3 ming nafar.

1,6 mingta xizmat körsatiş obektlarini yaratiş orqali 2,9 mingta iş örni yaratiş rejalaştirilmoqda. Yölböyi infratuzilmasini rivojlantiriş uçun auksion savdolarga 19,5 ga yer maydonlari çiqariladi.

Bundan taşqari:

kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş kompleks dasturini amalga oşiriş uçun Biznesni rivojlantiriş bankining kredit resurslaridan 320 mlrd söm ajratiladi;
«Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş uçun 50 mlrd söm ajratadi;
banklar tomonidan 60 mlrd söm ajratilib, ijtimoiy soliqni tölovçi özini özi band qilgan şaxslarga bir yilgaça "Biznesga birinçi qadam" bank plastik kartalari orqali 5 mln sömdan mikroqarzlar beriladi.

Qoraqalpoğistonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan eksportga yönaltirilgan va import örnini bosuvçi tarmoqlar böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşirayotgan korxonalarga "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi iştirokçisi maqomi beriladi.

Quvvati 200 ot kuçidan ortiq bölgan, işlab çiqariş muddati 5 yildan oşmagan, qişloq xöjaligi korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan öz ehtiyojlari uçun xorijdan olib kelingan traktorlar va paxta yiğim-terimi kombaynlari 2026 yilning 1 yanvar kuniga qadar bojxona boji va utilizatsiya yiğimini tölaşdan ozod etilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlariga QQSni "import" bojxona rejimiga joylaştirilgan kundan boşlab 270 kungaça tölaşga ruxsat berilmoqda.

Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasining ştat tuzilmasiga Qoraqalpoğiston Respublikasining alohida vakili ştat birligi kiradi.