
Ebbotga köra, Texas Milliy gvardiyasi uçun qurilayotgan uşbu bino Jo Bayden sabab yuzaga kelgan çegara inqiroziga qarşi kuraşiş uçun xizmat qiladi. «Igl-Passdagi 80 akr maydonda barpo etiladigan operativ baza Bayden ma’muriyati vaqtida yuzaga kelgan va kuçayib borayotgan noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş doirasida çegara xavfsizligini oşirişga yordam beradi», deyiladi Texas gubernatori ma’muriyati bayonotida.
Matbuot anjumanida yangi qurilajak harbiy bazaga Texas Milliy gvardiyasining 1800 nafar harbiysi joylaştirilişi, ehtiyoj tuğilganda esa qöşimça 500 harbiyni joylaştiriş imkoni ham borligi aytildi. Ebbot bunday yirik baza qurilişiga sabablar haqida gapirar ekan, harbiylar çegaradagi operatsiyalar uçun uzoq masofani bosib ötişga majbur bölayotganini aytdi.

Şuningdek, yangi bazada Milliy gvardiya zobitlari yanada yaxşiroq hayot tarzida yaşaşi mumkin bölişini qöşimça qildi. U yerda birdaniga 700 kişi ovqatlanişi mumkin bölgan oşxona, kir yuviş xonasi, dam oliş maskani, Wi-Fi, tibbiy va psixologik xona böladi.
«Prezident Bayden yaratgan çegara inqiroziga qarşi Texas Milliy gvardiyasining mard erkak va ayollarisiz kuraşa olmagan bölardik», dedi matbuot anjumanida çiqiş qilgan Greg Ebbot.
Hozirda 3 ming nafar Texas harbiylari noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş uçun Meksika bilan çegara yaqiniga joylaştirilgan.
Çegara mojarosi: Texas AQŞga qarşi
Jo Bayden AQŞ prezidentligiga kelgaç, çegara nazorati sezilarli darajada yumşatildi. Oqibatda mamlakatga dunyoning tört tomonidan noqonuniy migrantlar oqib kela boşladi. Har kuni minglab noqonuniy migrantlar AQŞ çegaralarini buzib mamlakatga kira boşladi. Ayniqsa, Meksika bilan çegaradagi Texas ştatida jiddiy muammolar kuzatildi.
















