Özbekistonda oilaviy ajraşuvlar körsatkiçi MDH böyiça eng past hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’sul xodimi X.Meliyev ma’lum qildi.
Özbekistonda 9 milliondan ortiq oila bor. Yiliga örtaça 250–300 ming yangi oila qurilmoqda. Ammo, şu bilan birga, har yili örtaça 45–49 ming ajralişlar ham kuzatilmoqda.
Nikohdan ajraşayotganlarning 4–5 foizini bir yilgaça, 40 foizini esa beş yilgaça bir oila bölib yaşaganlar taşkil etmoqda.
Ajrimlar soni 2021 yilda 41 foizga, 2022 yilda 22 foizga köpaygan bölsa, 2023 yilda ösiş sur’ati keskin tuşib, 2022 yilga nisbatan atigi 0,8 foizga köpaygan (ösiş sur’ati 2022 yilga nisbatan 27 baravarga kamaygan).
Şu örinda, MDH Davlatlararo statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, Özbekiston nikohlar soni böyiça MDHda birinçi, ajralişlar böyiça esa oxirgi örinda turadi. 2022 yilda Özbekistonda har 1000 kişiga nikohlar soni 8,4 tani, ajralişlar soni 1,4 tani taşkil etgan.
2023 yil davomida adliya organlari tomonidan manzilli tarğibotlar orqali olib borilgan tuşuntiriş va profilaktik suhbatlar natijasida qonuniy nikohdan ötmasdan birga yaşab kelayotgan 30 mingdan ortiq oilalarning nikohi qonuniy ravişda qayd etib berildi.
Natijada, 19 mingdan ortiq bolalarning tuğilişi yolğiz ona yoki otalikni belgilaş tartibida qayd qilinişi mumkin bölgan holatlarning oldi olindi.
Tuğilişlarni yolğiz ona tartibida qayd qilinişi holatlari 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 12 foizga kamayganining özi ham amalga oşirilayotgan işlar öz samarasini berayotganini körsatmoqda, deyiladi xabarda.











