Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi Yölayriq mahallasi nomini Obihayot deb özgartiriş taklif etilyapti.

Tuman hokimligi bu borada Geografik obektlarni nomlaş böyiça Toşkent şahar komissiyasiga murojaat qildi.

Toşkent şahar hokimligi, şundan kelib çiqqan holda, poytaxt aholisini bu masalada öz fikrini bildirişga taklif qildi.

Mahalliy aholi 28 apreldan 12 maygaça Yunusoboddagi Yölayriq mahallasi nomini Obihayotga özgartiriş taklifiga munosabat bildirişi mumkin. Fikr-mulohazalar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

  • oğzaki ravişda +998-71-210-04-13 telefon raqami orqali (iş kunlari soat 09:00 dan 17:00 gaça);
  • yozma ravişda xat yuboriş orqali (100060, Toşkent şahar Çilonzor tumani Islom Karimov şohköçasi 51-uy poçta manziliga);
  • elektron şaklda [email protected] elektron poçtasiga xat yuboriş orqali.

Qayd etiş kerak, Toşkent şahar hokimligi oxirgi yillar içida birinçi marta mahalla nomini belgilaş böyiça bunday keng qamrovli ravişda aholi fikrini örganyapti.

Mahalla nomini nega özgartiriş taklif etilyapti?

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatining e’loniga bu masaladagi hujjatlar ilova qilingan. Unga köra, “Yölayriq” MFYda ötgan yiğilişda mahalla nomini Obihayot deb özgartirişga qaror qilingan. Natijada MFY raisi mahalla nomini özgartiriş böyiça tuman hokimiga iltimosnoma jönatgan.

28 mart kuni tuman hokimligida majlis ötkazilgan. Unda Yunusobod hokimi, Geografik obektlarni nomlaş böyiça tuman komissiyasi raisi Bahodir Abduvaliyev va komissiya a’zolari iştirok etgan.

Majlisda hokimning aytişiça, bu mahalla 1987 yildan 2016 yilgaça Şodlik deb nomlangan. Lekin mahalla nuroniylari mahallaning öziga xos tarixi borligini, qadimda Buyuk ipak yöli karvonlari Yölayriq nomli karvonsaroyda töxtab ötgani, bu karvonsaroy ularning fikriça mahalla hududiga yaqin joyda joylaşganini ta’kidlaşgan. Şu tariqa, mahallaning öşa vaqtdagi raisi H.Yunusov hamda “sanoqli mahalla faollari va keksalar fikri bilan”, mahalla nomi tarixiy ahamiyat kasb etişi uçun Yölayriq deb