Özbekiston Gender komissiyasi tomonidan BMT taraqqiyot dasturi hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining «Davlat boşqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollar faolligini oşiriş» qöşma loyihasi doirasida ötkazilgan kiçik ilmiy tadqiqot natijalari e'lon qilindi. Uşbu tadqiqot mamlakatimizda oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari yuzasidan ötkazilgan edi.

Tadqiqot 51 nafar ayol iştirokida onlayn hamda yakkama-yakka holda taşkil etilib, iştirokçilar bilan oilaviy ajrimlarning sabablari va oqibatlari muhokama qilindi. Respondentlarga köra, bitta sabab bilan ajraşib ketgan oilalar juda kam, aksariyat hollarda ajrimlarga bir neçta omillar sabab bölgan. Masalan, farzandsizlik, giyohvandlik, algokolga ruju qöyiş.

Bir guruh ayollar ajrimlarga sobiq turmuş örtoğining rözğor boşqarişda mas'uliyatsizligi, mustaqil fikri yöqligi, oilaga boşqalarning aralaşuvi (qaynona, qayinsingillar), erkakning yomon illatlarga ruju qöygani, oilada ayolga qulday munosabatda bölişlari, xiyonat kabi omillarni sabab qilib keltirgan.

Ajraşganlar orasida eri va uning qarindoşlari tomonidan kaltaklanganlar, 16-17 yoşda ota-onasi majburlab turmuşga berib yuborganlar ham bor. Ma'lum bölişiça, ikki yoki undan ortiq farzandlari bilan ajraşgan ayollarga nihoyatda qiyin, ular va farzandlari bundan juda köp aziyat çekişadi. Tadqiqotga köra, bunday ayollarda quyidagi muammolar yuzaga keladi.

Birinçidan, turar joy muammosi paydo böladi. Bunça bola bilan ota-onasinikida yaşab bölmaydi, ijarada yaşaşga töğri keladi. Ijara narxi esa qimmat. Tölangan aliment bu pulning yarmini ham qoplamaydi.

Ikkinçidan, farzandlar ota mehriga zor bölib ösadi. Sörovnomada qatnaşgan 51 nafar ayolning 44 nafarida jami 70 nafar bola bor va ulardan 99 foizi otasi bilan umuman körişmasligi ma'lum bölgan. Birgina 2019 yilda 31 389 ta oila ajraşgani hisobga olinsa, bunday bolalar sonini taxmin qiliş mumkin. Ma'lum bölişiça, erkaklar nafaqat boladan xabar olmaydi, balki turli bahonalar bilan aliment tölamaslikka harakat qiladi.

Uçinçidan, ajraşgan ayollarga jamiyatda notöğri köz bilan qaraladi: intim munosabatlar taklif etiladi, ijaraga qöyişni xohlaşmaydi, tirişqoqlik bilan hayotda örnini topayotgan yolğiz ayolning albatta xuştori bor deb öylaşadi, ikkinçi xotin böliş taklif qilinadi.