2024 yil 24 fevral kuni Toşkent metrosiga tört vagonli uçta yangi zamonaviy poyezd keltirilgan. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, yangi poyezdlar yöriqnomaga asosan 8−10 kun sinovdan ötkaziladi va keyin yölovçilarga xizmat qilişni boşlaydi.

Yönalişlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartiriş maqsadida yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yöli” yönalişlarida harakatga çiqariladi.

Qayd etilişiça, may oyi söngigaça bosqiçma-bosqiç yana 8 ta metro poyezdi olib kelinişi rejalaştirilgan. Bu işlar natijasida metro vagon parklarini yangilaş va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartişga erişiş maqsad qilingan.