Davlat organlarining rahbarlari xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaş masalalari böyiça tadbirkorlik sub’yektlari, şuningdek fuqarolar özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlari vakillari iştirokida maslahat-kengaş organlarini tuzişi mumkin.
Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaş masalalari böyiça vakolatli mansabdor şaxs belgilanadi va bu majburiyatlarni bajariş davlat organi rahbarining örinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
Belgilab qöyilişiça:
- maslahat-kengaşi organlari öz işini jamoatçilik asosida olib boruvçi va doimiy faoliyat yurituvçi organ hisoblanadi;
- maslahat-kengaşi organlari öz faoliyatini qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga muvofiq işlab çiqilgan va tegişliligi böyiça davlat organlarining içki buyruği bilan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oşiradi;
- davlat organlari rahbarlari tegişli maslahat-kengaşi organlari faoliyatini samarali taşkil etişga şaxsan javobgar hisoblanadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaş masalalari böyiça maslahat-kengaşi organlari faoliyatini taşkil etiş böyiça namunaviy nizom tasdiqlanadi:
- maslahat-kengaşi organlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
- maslahat-kengaşi organlarining tarkibini şakllantiriş va işini taşkil etiş tartibi, şuningdek, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar mohiyati;
- maslahat-kengaşi organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş.
Oila va xotin-qizlar qömitasi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaş masalalari böyiça maslahat-kengaşi organlari faoliyatini samarali taşkil etilişini ta’minlaş maqsadida doimiy ravişda uslubiy-amaliy kömaklaşib boradi.












