Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniyning jamoasi u şu kunlarda ozodlikka çiqişi kerak bölganini ma’lum qildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondining Navalniy tayinlagan rahbari Mariya Pevçixning sözlariga köra, siyosatçining jamoasi uni yollanma qotil Vadim Krasikov bilan almaşiş uçun harakat qilayotgan bölgan.

«Hozir men ötirgan joyda Navalniy ötirib gapirişi mumkin edi. Yöq, bu mubolağa emas. Navalniy şu kunlarda ozodlikka çiqişi kerak edi. Çunki biz uni almaşiş dasturiga qöşiş böyiça qaror qabul qilişlariga erişgandik. Fevral oyi boşida Putin FXX killeri Vadim Krasikovni ikki nafar amerikalik va Aleksey Navalniyga almaşişni taklif qilgan.

15 fevral kuni keçqurun men muzokaralar olib borilayotgani va hal qiluvçi pallaga kirgani haqida xabar oldim. 16 fevralda esa Alekseyni öldirişdi», degan Mariya Pevçix videomurojaatida.

Aleksey Navalniy qamoqqa tuşganidan keyin özi asos solgan fond rahbari etib tayinlagan Pevçix uruş boşlangaç, siyosatçining jamoasi uni nima qilib bölsa ham qamoqdan çiqariş kerak degan qarorga kelganini aytdi.

«Çunki uruş boşlangaç, Putinni heç nima töxtata olmasdi. U ön minglab odamlarni öldirib yubordi. Navalniyni qutqarişning yagona yöli esa almaşuv edi», dedi Pevçix.

Uning sözlariga köra, Navalniy jamoasi uni qutqariş uçun juda köp odamlarga aloqaga çiqqan. Xususan, vaziyatga aralaşişi mumkin bölgan dunyoning eng boy odamlaridan tortib Putinning döstlari va ötgan yil vafot etgan AQŞ sobiq davlat kotibi Henri Kissinjyergaça.

Pevçix aynan Navalniy jamoasi Vadim Krasikov masalasini muzokaralar markaziga qaytara olganini aytgan. Ötgan yil dekabr oyida Navalniyni Krasikovga almaşiş masalasi rasmiy muzokaralar darajasiga kötarilgan. Navalniy jamoasiga köra, Putin amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan uçraşuvda bejiz Germaniya qamoqxonasida saqlanayotgan Krasikovni almaşişi mumkinligiga işora qilmagandi.

Navalniy vafot etganidan keyin uning jamoasiga Vadim Krasikovni Navalniyga almaşiş taklifini Putinga Roman Abramoviç yetkazganini xabar qilişgan. Rossiyalik milliarderdan bu borada söraşgan, lekin u javob berişni istamagan.

Ma’lumot uçun, 16 fevral kuni Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etgani haqida xabar e’lon qilindi. Bu haqda oldindan heç qanday miş-mişlar paydo bölmagandi va 15 fevral kuni sudda qatnaşgan siyosatçi vafot etgani haqida birdaniga u saqlanayotgan Sibirdagi qamoqxona rasmiy saytida xabar berildi.