Vaşington Rossiyaning AQŞda noyabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovlariga aralaşuvidan «xavotirda». Bu haqda 25 fevral, yakşanba kuni Amerikaning NBC News telekanalidagi «Matbuot bilan uçraşuv» dasturida AQŞ prezidenti milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi.
«Bugun men dalil haqida gapira olmayman. Lekin şuni aytişim mumkinki, albatta, xavotirlar bor. Bu yerda Rossiya Federatsiyasi, uning razvedka xizmatlariga tegişli prezidentlik saylovlari nuqtayi nazaridan ham fon mavjud. Xavotirga tuşiş uçun juda köp sabablar bor, - dedi u Sallivan. - Gap siyosat haqida emas. Gap milliy xavfsizlik töğrisida boryapti. Gap Amerika Qöşma Ştatlari siyosati va demokratiyasini manipulyatsiya qilişga intilayotgan xorijiy davlat, xorijiy duşman haqida».
Jo Baydenning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Oq uy saylovga aralaşuv oldini oliş va Kongressdagi har ikki partiya vakillari bilan aloqa örnatiş uçun «huşyor» bölişini qöşimça qildi, «çunki bu (milliy xavfsizlik) - siyosatdan yuqoriroq turişi kerak».
2023 yil oktyabr oyida AQŞ razvedka agentliklari Rossiya özining josuslar tarmoği, davlat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, saylovlarga jahon jamoatçiligi işonçini susaytirayotgani haqida hisobot e’lon qildi. Öşanda bu hisobot Yevropa, Osiyo, Afrika va Şimoliy Amerikadagi yuzga yaqin davlat elçixonalariga yuborildi.
Putin Bayden AQŞ prezidenti sifatida Rossiya uçun afzalroq ekanini aytdi
AQŞda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bölib ötişi rejalaştirilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 fevral kuni «Moskva. Kreml. Putin» dasturi muallifi Pavel Zarubinga bergan intervyusida AQŞ prezidenti sifatida Rossiya uçun kim yaxşiroq – hozirgi davlat rahbari Jo Baydenmi yoki Donald Trampmi, degan savolga şunday javob berdi: «Bayden. U tajribali, harakatlarini oldindan aytiş mumkin, eski formatsiyaning siyosatçisi. Lekin biz Amerika xalqi işonç bildiradigan har qanday AQŞ rahbari bilan işlaymiz».
Bir neça kundan keyin, 21 fevralda Oq uy rahbari San-Fransiskodagi kiçik homiylar guruhi oldida saylovoldi taşviqoti çoğida sözga çiqib, Vladimir Putin haqida gapirdi. Yadroviy töqnaşuv tahdidi doimo mavjudligi, lekin insoniyat uçun ekzistensial tahdid iqlim özgarişi ekanligiga e’tibor qaratgan Bayden: «Bu eng sönggi ekzistensial tahdid - iqlim. Bizda Putin va boşqalar bor. Biz yadroviy mojaro tufayli doimo taşvişlanişimiz kerak, ammo insoniyat uçun ekzistensial tahdid iqlimdir».













