Germaniya hukumati rasmiylari 26 fevral, duşanba kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Rossiya razvedkaçi uçuvçisiz uçoği tufayli Ukraina janubiga ikki kunlik e’lon qilinmagan taşrifi dasturini özgartirişga majbur bölgani haqidagi OAV xabarlarini rasman tasdiqladi.

Germaniya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Kristian Vagner hukumat matbuot anjumanida aytganidek, voqea 25 fevral kuni, Ukrainada Berbok dasturining sönggi nuqtasida sodir bölgan. Dron va u Rossiyaga tegişli ekanligi haqidagi ma’lumotlar ham vazir xavfsizligini ta’minlagan Ukraina xizmatlaridan, ham nemis tansoqçilar jamoasidan olingan.

Dronlar yordamida razvedka

«Rossiyaning uşbu razvedkaçi uçuvçisiz uçoği payqalgaç, taşrif dasturini qisqartirişga va zudlik bilan avtomaşinalar karvonini harakatga keltirişga qaror qilindi, - dedi Vagner. - Siz mojaro zonasida bölganingizda bu oddiy harakat yönalişi. Bu front çiziğidan 50 kilometr uzoqlikda sodir bölgan». Uning sözlariga köra, dron bir muddat kolonnani kuzatib, keyin orqaga burilib uçib ketgan. 

Germaniya Taşqi işlar vazirligi vakili voqeani Rossiyaning Annalena Berbokka qarşi harakati sifatida baholaşdan boş tortdi va «bu Ukrainadagi odamlar, ayniqsa uşbu mintaqada har kuni rus razvedkaçi uçuvçisiz uçoqlariga duç keladiganlar qayğuli kundalik hayoti ekanligini aytdi». Bildirilişiça, bundan harakatlardan qisqa vaqti ötib havo hujumlari yuz beradi.

Germaniya Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Arne Kollatsning qöşimça qilişiça, Germaniya bölimlari Ukrainada sodir bölayotgan voqealar haqidagi ma’lumotni nafaqat Ukraina xizmatlaridan, balki boşqa hamkor davlatlar razvedka xizmatlaridan ham oladi. Ular, Kollatsga köra, «joyida sensorlar yoki ma’lumot manbalariga ega».