Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina hududida fransuz quruqlikdagi qöşinlaridan foydalaniş ehtimolini inkor etmadi. «Bugungi kunda quruqlikdagi qöşinlarni (Ukrainaga) rasman yuboriş masalasida konsensus yöq, ammo heç narsani inkor etib bölmaydi», - dedi Makron Parijda Ukrainaga yordam böyiça konferensiya yakunida.
«Rossiya bu uruşda ğalaba qozonişiga yöl qöymaslik uçun hamma narsa qilinadi», deya Fransiya prezidentining sözlaridan iqtibos keltirgan dpa agentligi. Avvalroq Makron Ukraina uçun köproq qurol-yaroğ va resurslar berişga çaqirgan edi. Yigirmaga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Kanada va AQŞ vakillari iştirok etgan konferensiya boşlanişidan oldin çiqiş qilgan Fransiya prezidenti bugungi kunda barçaning xavfsizligi «tahdid ostida» ekanini aytdi.
Makron ta’kidlaganidek, Rossiyaning xatti-harakati endi siyosiy darajada ham, Ukrainaga qarşi uruş paytida ham keskinlaşmoqda, şuning uçun Ukrainani qöllab-quvvatlagan har bir kişi «jamoaviy harakat» qilişi kerak. Şu bilan birga, u «rus xalqi bilan uruşga kirişni» istamasligini ta’kidladi.
Slovakiya boş vaziri: Ğarb Ukrainaga harbiylar yuboriş masalasini «körib çiqmoqda»
Avvalroq, Slovakiyaning maşhur rossiyaparast boş vaziri Robert Fitso Makron tomonidan çaqirilgan konferensiya uçun Parijga jönab ketişdan oldin Bratislavada sözlagan nutqida, ba’zi Ğarb davlatlari öz askarlarini «Ukraina hududiga ikki tomonlama şartnomalar asosida yuborişni körib çiqayotganini» aytdi. Uning sözlariga köra, gap «bir neçta davlatlar – NATO va YeI a’zolari» haqida ketmoqda, Fitso esa «maxfiy ma’lumotlar»ga tayanib, ular qaysi davlatlar ekanligini aniqlaştirmadi, deb yozadi AFP.
Parijdagi konferensiya natijalari
Makronning sözlariga köra, Parijdagi konferensiyada Ukrainani örta va uzoq masofaga uçuvçi raketalar, şuningdek, qisqa muddatda Yevropa va uçinçi davlatlardan boşqa öq-dorilar bilan ta’minlaşi kerak bölgan koalitsiya tuzişga qaror qilindi. Bundan taşqari, kibermudofaa, birgalikda qurol işlab çiqariş va Rossiyaning Ukrainaga hujumi bevosita tahdid keltirib çiqargan mamlakatlarni, xususan, Moldovani himoya qiliş böyiça taşabbuslar kelişib olindi.
Parijdagi uçraşuv yakunida Çexiya boş vaziri Petr Fiala 15 ga yaqin davlat Praganing uçinçi davlatlardan artilleriya öq-dorilarini xarid qiliş va Ukrainaga qayta import qiliş taşabbusiga qiziqiş bildirganini aytdi. Xususan, Niderlandiya unda iştirok etişga va 100 million yevro berişga tayyor, dedi Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte.













