Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda uning hududiy boşqarmasi tomonidan Dehqonobodda joylaşgan Dehqonobod kaliy zavodi faoliyati örganilganda qonunbuzilişi holatlari aniqlangan.
Tekşiruvda zavodda yer ostida hosil bölgan sizot suvlarini taşqariga çiqariş uçun şaxta loyihasi asosida markaziy nasos stansiyasi qurilgani, loyihada esa suv tozalaş inşooti közda tutilmagani oqibatida çiqindi suvlarning uçdan ikki qismi ruda çangini bosiş uçun işlatilib, bir qismi töğridan töğri Tuyaşsoyga taşlanayotgani aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, 2018 yilda kon faoliyati uçun işlab çiqilgan Ekologik oqibatlar bayonoti loyiha hujjatida hosil bölgan şaxta suvlarini maxsus tuz saqlaş hovuziga joylaştiriş belgilangan bölsa-da, amalda mazkur yer osti sizot suvlari soyga taşlanmoqda.
Mazkur suvlarning tarkibi korxonaga tegişli bölgan markaziy laboratoriya tomonidan 2022 yil 17 avgust oyidan boşlab tahlil qilina boşlangan va natijalari qayd etib borilgan. Şuningdek, 2020 yilda ötkazilgan tekşirişda uşbu manbadan hosil bölgan sizot suvlarni soyga taşlamaslik böyiça berilgan körsatmalarga amal qilinmagan.
Qayd etilişiça, yuqoridagi qonunbuzilişi holatlaridan kelib çiqib, Dehqonobod kaliy zavodiga 363 mln sömdan ortiq kompensatsiya tölovi belgilangan. Şuningdek, tekşiriş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 18 banddan iborat majburiy körsatmalar berilgan.
Avvalroq, Olmaliq şahridagi xonadonlardan birida qonli suv oqqandi. Holat tekşirib körilganda quşxonadagi oqova suv va içimlik suvlarining quvuri teşilib, özaro qöşilib ketişi oqibatida aholi xonadonlaridan qonli suv tuşgani aniqlangan.












