Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida AQŞ Belarus bilan kaliyli öğitlar xaridi böyiça yirik kelişuv ustida işlayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, xarid narxi Vaşington hozir Kanadaga tölayotganidan ança past böladi.
Tramp bölajak bitimni amerikalik fermerlar va çorvadorlar uçun «ajoyib yangilik» deb atadi. Ammo AQŞning Belarus kaliyiga ehtiyoji qay darajada va mahsulotni yetkazib beriş qançalik oson böladi?
Kanadaga bosim ötkaziş vositasimi?
DW maqolasida qayd etilişiça, Belarus kaliy sanoati 2025-yil oxiridan buyon davom etayotgan AQŞ–Belarus muzokaralarida muhim örin tutmoqda.
2025-yil dekabrida AQŞ prezidentining maxsus vakili Jon Koul Minskka taşrif buyurganida Belarus kaliy sanoatiga nisbatan Amerika sanksiyalari bekor qilinişi eʼlon qilingan. 2026-yil martida esa «Belaruskaliy» va uning savdo kompaniyasi - «Belarus kaliy kompaniyasi» AQŞ sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan.
AQŞ siyosati böyiça ekspert Aleksandra Filippenkoning aytişiça, Qöşma Ştatlar kaliyli öğitlar xaridining 70 foizdan ortiğini Kanada hisobiga taʼminlaydi. U Trampning bayonotini Kanadaga, qisman esa Yevropa Ittifoqiga bosim ötkazişga uriniş sifatida baholamoqda.
Ekspert fikriça, Tramp Vaşington Kanada kaliyiga mutlaq boğliq emasligini körsatişni istaydi. Şu bilan birga, bu bayonot amerikalik fermerlar manfaatlarini himoya qilayotganini namoyiş etişga ham xizmat qiladi.
Filippenkoning taʼkidlaşiça, Kanada hukumati savdo masalalarida Vaşington bosimiga yon bermayapti. Boş vazir Mark Karni hukumati öz biznesini qöllab-quvvatlaş pozitsiyasida qolmoqda.
AQŞ taʼminot manbalarini köpaytirişdan manfaatdor
Filippenko AQŞning Belarus kaliyiga qiziqişini faqat siyosiy bayonot deb hisoblamaydi. Uning fikriça, Vaşington xarid manbalarini köpaytiriş va iqtisodiy manfaatlarini taʼminlaşni ham istaydi.
Ekspert AQŞ taşqi munosabatlarda, avvalo, öz iqtisodiyoti va xavfsizligini hisobga olişini, boşqa mamlakatlarning içki siyosati hamda siyosiy mahbuslar masalasi esa har doim ham ustuvor bölavermasligini aytdi.
U misol sifatida Venesuelani keltirdi. Filippenkoning sözlariga köra, ilgari asosan Xitoyga yönaltirilgan Venesuela nefti endi AQŞga yetkazilmoqda, Amerika kompaniyalari esa u yerdagi 17 ta konni özlaştiriş uçun eksklyuziv huquqlarga ega bölmoqda.

















