“BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti hamda Global ekologik jamğarma iştirokida “Özbekistonning qurğoqçilikka uçragan ekotizimlarida yaylovlar va örmonlarni barqaror boşqariş” loyihasini amalga oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • Global ekologik jamğarma (GEJ) tomonidan "Özbekistonning qurğoqçilikka uçragan ekotizimlarida yaylovlar va örmonlarni barqaror boşqariş (LDN)" loyihasini 5 yil muddatga moliyalaştiriş uçun 3 776 941 AQŞ dollari miqdorida grant mablağlari ajratilgani;
  • loyihani amalga oşiriş uçun umumiy ijroçi va texnik yordam körsatuvçi etib Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi va Qişloq xöjaligi vazirligi belgilangani;
  • loyihani amalga oşiriş davrida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) Özbekistondagi vakolatxonasi mas’ul ijro etuvçi organ sifatida faoliyat körsatişi;
  • loyiha Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oşirilişi ma’lum qilindi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi:

  • FAOning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan loyihani amalga oşiriş kelişuvini imzolaş;
  • har ikkala vazirlik huzurida loyihaga ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladigan, jami 4 nafar xodimdan (har bir vazirlikda 2 nafardan) iborat yuridik şaxs maqomiga ega loyihani boşqariş guruhlarini taşkil etiş;
  • loyihani boşqariş guruhlari nizomini, ştatlar jadvalini va xarajatlar smetasini FAOning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan kelişgan holda tasdiqlaş;
  • loyihani boşqariş guruhlariga har yili muddatli işga qabul qilinadigan mahalliy maslahatçi-ekspertlarning oylik iş haqlari va boşqa tölovlarini FAOning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan kelişgan holda tasdiqlangan stavkalar asosida belgilaş;
  • loyiha doirasida belgilangan tadbirlarga yönaltiriladigan mablağlarning maqsadli va tizimli sarflanişini nazorat qiliş, şuningdek, sarflangan hamda özlaştirilgan mablağlar töğrisida hisobotlarni tayyorlaş va tasdiqlaş;
  • loyiha böyiça amalga oşirilgan işlar, sarflangan va özlaştirilgan mablağlar töğrisida hisobotlar hamda erişilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni har çorakda özining rasmiy veb-saytida yoritib boriş orqali loyihalarni amalga oşirilişi ustidan samarali jamoatçilik nazorati örnatilişini ta’minlaş;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari, tegişli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda loyihani amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş va tasdiqlaş;