Soliq qömitasi xabariga köra, köçmas mulk ijarasini qonuniy röyxatdan ötkaziş — tomonlarning huquq va majburiyatlari kafolati. Soliq organlarida röyxatga olingan mol-mulk ijara şartnomalari va ular böyiça soliqlarni tölaş mulkdorga uy-joyni rasman ijaraga beriş va daromad oliş, ijaraga oluvçiga esa undan qonuniy foydalaniş imkonini beradi. 

Köçmas mulk ijara şartnomalarini hisobga qöyiş “E-ijara” xizmati orqali amalga oşiriladi. Soliq qömitasi ma’lumotlar bazasidan olingan axborotlarga köra, 2023 yilda: 

yuridik şaxslar örtasida 145 mingga yaqin ijara şartnomasi tuzilgan. Ijara tölovlarining umumiy miqdori 5,3 trillion sömni taşkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 milliard söm;
jismoniy şaxslar örtasida 386,8 mingta ijara şartnomasi tuzilgan. Ijara tölovlarining umumiy miqdori 3,3 trillion sömni taşkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 milliard söm;

Soliq tölovçining uy-joylarni talabalarga ijaraga berişdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soliğidan 44,4 milliard söm imtiyoz qöllangan.