Özgartiriş va qöşimçalarga köra, tovarlarni olib kirişda bojxona qiymatini aniqlaşga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlaştirildi, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojxona rejimlariga joylaştiriş tartib-taomillari soddalaştirildi.
Bundan oldin kodeksda vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga soddalaştirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalaniş huquqini taqdim etiş) huquqiy maqomi belgilangandi.
Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tuşunçasi kiritildi. Unga köra, tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar körsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va Özbekiston hududi orqali tranzit olib ötiladigan tovarlarini jönatuvçi bojxona organidan tovar kelib tuşadigan bojxona organigaça nazorat qiliş uçun foydalaniladigan hujjatdir.












