Fransiya taşqi işlar vaziri Stefan Sejurne 27 fevral, seşanba kuni Fransiya parlamentariylari bilan suhbatda Ğarb harbiylari Ukraina hududidagi «maxsus amaliyotlar»da nazariy jihatdan harbiy harakatlarsiz iştirok etişi mumkinligini aytdi. Uning sözlariga köra, «Ukrainani qöllab-quvvatlaşning aniq ehtiyojlariga yönaltirilişi mumkin bölgan yangi şakllarini körib çiqiş» kerak. 

Fransiya TIV rahbarining sözlariga köra, bunday ehtiyojlar orasida kibermudofaa, Ukrainada qurol işlab çiqariş va minalardan tozalaş bor. «Ba’zi hollarda bunday faollik ğarb harbiylari Ukraina hududida uruşda qatnaşmasdan turib bölişini talab qilişi mumkin», — deb ta’kidladi Sejurne. 

Şuningdek, u Rossiya hujumlari va ular Yevropada beqarorlik keltirib çiqarayotganini inobatga olib, «Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş kerakligini» aytdi. 

Litva Makronning Ukrainada quruqlikdagi qöşinlar haqidagi sözlariga qarşi emas 

Ukraina hududida Ğarb davlatlarining quruqlikdagi qöşinlarini qöllaş mumkinmi yoki yöqligi haqidagi fikr-mulohazalar maqbul holatdir, dedi şu kuni Litva Mudofaa vazirligi rahbari Arvidas Anusauskas. Uning sözlariga köra, agar Litva qöşinlari Ukrainaga yuborilişi mumkin bölsa, u holda faqat öquv maşğulotlari uçun jönatiladi, lekin harbiy maqsadlarda emas. Anusauskasning ta’kidlaşiça, ayni paytda asosiy ustuvor vazifa Ukrainani qurol va öq-dorilar bilan qöllab-quvvatlaş bölib qolmoqda. 

Bir kun avval, 26 fevralda Parijda Ukrainaga yordam körsatiş böyiça konferensiya yakunlanganidan söng sözlagan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga Ğarb quruqlikdagi qöşinlari joylaştirilişi mumkinligini inkor etmadi. Makronning sözlariga köra, «bugungi kunda quruqlikdagi qöşinlarni Ukrainaga rasman yuboriş masalasida konsensus yöq, ammo heç narsani inkor etib bölmaydi». 

Germaniyada Makronning bayonoti siyosatçilar salbiy fikriga sabab böldi. Germaniya kansleri Olaf Şols, xususan, Parijdagi yiğilişda «Ukraina hududida Yevropa yoki NATO davlatlari tomonidan u yerga yuborilgan askarlar bölmaydi» degan yakdil pozitsiya bölganini aytdi. Alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg ham NATO Ukrainaga qöşin jönatiş niyatida emas, dedi.