Ğarb yetakçilari va ekspertlar Makronning Ukrainaga qöşin yuboriş töğrisidagi bayonotini qanday baholamoqda?
|02:51 / 28.02.202432 00814 min
Ğarb davlatlari yetakçilari Makronning şov-şuvli sözlariga raddiya berişga şoşildi. Ammo bu ğarbning Rossiya bilan munosabatlardagi navbatdagi «qizil çiziq»ni paypaslab körişi bölişi ham mumkin.
Foto: EPAFoto: EPA
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa yetakçilarining Parijdagi uçraşuvidan söng Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça yangi qadamlarni e’lon qildi va uruşda Rossiya ustidan ğalaba qozoniş uçun mamlakatga ğarb quruqlik qöşinlari yuborilişi mumkinligini istisno qilmadi.
«Bugungi kunda quruqlikdagi qöşinlarni yuboriş masalasida konsensus yöq, ammo heç narsani inkor etib bölmaydi. Biz Rossiya bu uruşda ğolib çiqmasligi uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz, — deya Makrondan iqtibos keltirgan AFP. — Biz Rossiyaning mağlubiyati Yevropadagi xavfsizlik va barqarorlik uçun zarurligiga aminmiz».
Makron şuningdek Ukrainani raketalar va katta masofada harakatlanuvçi öq-dorilar bilan ta’minlaydigan yangi koalitsiya taşkil etilişini ma’lum qilgan. Bu aynan qanday tuzilma bölişiga — aniqlik kiritilmagan.
Uning sözlariga köra, Rossiya nafaqat Ukrainadagi jang maydonida, balki umuman olganda ham borgan sari tajovuzkor bölib bormoqda. Yelisey saroyidagi konferensiyani oçib bergan Makron uçinçi yildirki uruş olib borayotgan Ukrainaning ittifoqçilari uşbu mamlakatni qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişi zarurligini ta’kidlagan.
«Biz Rossiyaning ayniqsa sönggi oylarda keskinlaşayotganiga guvoh bölmoqdamiz», — degan Makron va Ğarb «xavfning harbiy va strategik nuqtayi nazaridan transformatsiyasi»ni hisobga olgan holda yondaşuvni özgartirişi lozimligini qöşimça qilgan.
Yelisey saroyidagi konferensiyada Germaniya kansleri Olaf Şols, Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron, Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes, Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte, şuningdek Skandinaviya va Boltiq böyi davlatlari rahbarlari qatnaşgan.
AQŞ nomidan esa davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo böyiça vakili Jim ÖBrayyen, Kanadadan — mudofaa vaziri Bill Bler iştirok etgan.
«Biz birgalikda şunday qilişimiz kerakki, Putin yutuqlarimizni yöq qila olmasin va öz tajovuzini boşqa mamlakatlarga olib ötmasin», — degan uçraşuv iştirokçilariga qisqa videomurojaat yöllagan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Yakşanba kuni jurnalistlar qarşisida çiqiş qilgan Zelenskiy Yevropa yetakçilari uruş butun qit’a uçun naqadar xavfli ekanini anglab yetganini aytgandi.
«Öylaymanki, ular Putin bu uruşni davom ettirişini tuşunib yetişdi», — degandi u.
Emmanuel Makronning sözlariga köra, yangi koalitsiya doirasida Kiyevga örta va katta masofada harakatlanuvçi raketalar yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
U şuningdek Ukrainaga fransuzlarning Mirage rusumli quruvçi samolyotlari yetkazib berilişi haqida OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, ayni vaqtda Parij bu masalada muzokaralar olib bormayotganini bildirgan.
Germaniya kansleri Olaf Şols esa duşanba kuni yana bir bor Ukrainaga Taurus rusumli qanotli raketalarni yetkazib berişga qarşiligini bildirdi.
Nemislar yetakçisining sözlariga köra, Kiyevga yuqori aniqlikdagi qurollar yetkazib berilişi, bu raketalar Rossiya hududiga qadar yetib bora olişi hisobga olinsa, eskalatsiya keltirib çiqarişi mumkin.
Makronning sözlariga qanday reaksiya qilindi?
Germaniya kansleri Olaf Şols
Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropa mamlakatlari va NATO alyansi a’zolari quruqlik qöşinlarini Ukrainaga yuborişni rejalaştirmaganini aytdi. U Parijda Ukrainaga yordam böyiça konferensiyada uşbu mamlakatga quruqlik qöşinlari yuboriş masalasi muhokama qilinganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, uçraşuv iştirokçilari «Ukraina zaminida heç qanday Yevropa quruqlik kuçlari va NATO askari bölmasligi» böyiça kelişib olgan.
«Germaniya federativ respublikasi qöşinlarni jang maydoniga yuborilişi közda tutilmagan.
Yana bir bor aytmoqçimanki, biz buni juda yaxşi muhokama qildik. Avvalboşdan erişilgan kelişuvlar kelajakka ham taalluqli ekanini ta’kidladik. Xususan, qöşin yuborilmaydi, Ukraina hududida Yevropa mamlakatlari yoki NATO a’zolari harbiy xizmatçilari bölmaydi», degan u.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham avstriyalik hamkasbi Klaudiya Tanner bilan seşanba kuni ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida Ukrainaga nemis qöşinlari yuborilmasligini ta’kidladi.
U nemis askari etigi ukrain yerida bölişi — GFR hukumati uçun variant emasligini qayd etgan.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg:
«NATO a’zolari Ukrainaga misli körilmagan darajada yordam körsatmoqda. Biz bu işni 2014 yildan buyon qilib kelamiz va keng kölamli bosqindan keyin sa’y-harakatlarimizni köpaytirganmiz. Ammo NATOning jangovar qöşinlarini ukrain hududiga yuboriş rejasi yöq».
Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak:
«Buyuk Britaniya allaqaçon Ukraina qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş, jumladan tibbiy ta’lim beriş uçun öz harbiy xizmatçilarining kiçik guruhini yuborgan. Biz qöşinlarni keng kölamda joylaştirişni rejalaştirmaganmiz. Buyuk Britaniya öz hududida ham katta miqdordagi ukrain harbiylarini öqitdi. Şuningdek, ukrain qöşinlarini qurol-aslahalar yuboriş orqali qöllab-quvvatlamoqdamiz».
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov:
«Menimça, nafaqat bunday fikrlarni aytayotganlar, balki ularni öz boşiga kiritayotganlar ham bu boşdan Yevropa uçun xavfsizroq bölgan oqilona fikrlar uçun foydalanişi lozim» (iqtibos TASS agentligidan).
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov:
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Emmanuel Makronning bayonotiga e’tibor qaratganini aytdi. Uning sözlariga köra, Ukrainaga ğarb quruqlik qöşinlari yuborilişi Rossiya va NATO örtasidagi töğridan töğri töqnaşuvni anglatadi.
«Bu holatda biz ehtimollik haqida emas, balki muqarrarlik haqida gapirişimiz kerak. Biz buni şunday baholaymiz. Uşbu mamlakatlar ham şunday baholab, öziga hisob berişi kerak. Va bu ularning manfaatlariga, asosiysi, uşbu mamlakatlar fuqarolari manfaatlariga qançalik mosligi haqida savol berilişi kerak», — deya uning sözlarini keltirgan RIA Novosti.
Peskov Ukrainaga öz harbiylarini yuboriş böyiça Yevropada konsensus yöqligini ta’kidlagan.
«Biz şuningdek bu boradagi fikrlarning turli tumanligini qayd etdik – çindan ham konsensus yöq. Parijda bölib ötgan uşbu tadbirda iştirok etgan qator mamlakatlar bunday harakatning ehtimoliy xavfi va qaynoq mojaroga bevosita aralaşiş, jang maydoniga jalb etiliş xavfini ehtiyotkorlik bilan baholamoqda. Bu, albatta, uşbu mamlakatlar manfaatlariga mutlaqo töğri kelmaydi», — deya Peskovning sözlarini keltirgan RBK.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixaylo Podolyak:
«[Makronning bayonoti] birinçi navbatda Yevropadagilar militar, tajovuzkor Rossiya Yevropa uçun qanday xavf solayotganini töla anglayotganini körsatadi».
Fransiyadagi öta öng «Milliy birlaşuv» (avvalgi «Milliy front») partiyasi yetakçisi Marin Le Pen:
«Bunday gaplarning jiddiyligini kimdir tuşunadimi, men buni bilmayman. Emmanuel Makron özidan harbiy yetakçi yasamoqda, ammo u bizning bolalarimiz hayoti haqida loqaydlik bilan gapirmoqda. Mamlakatimizda tinçlikmi yoki uruşmi degan savol tuğiladi».
Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson:
«Ukraina tomonidan bu kabi sörovlar yöq va bu masala kun tartibida emas. Ammo şuni aytiş mumkinki, turli mamlakatlar boşqa davlatlarning işlarida iştirok etiş borasida turli an’analarga ega. Fransuzlar an’anasi — şvedlar an’anasi emas. Şunday ekan, men Fransiyaning Ukrainaga yordam beriş istagini hurmat qilaman».
Ekspertlar nima demoqda?
Ulrix Spek, nemis kolumnisti, xalqaro siyosat böyiça ekspert (X ijtimoiy tarmoğida):
«Makronning Moskvani tang holatda uşlab turiş uçun „strategik noaniqlik“ni saqlab qoliş zarurligi haqidagi fikrlari mutlaqo töğri. Ammo bunday gaplar kutilmaganda paydo bölişi kerak emas, ular işonçli çiqişi kerak. Işonç Ukrainaga izçil va öta keng kölamda harbiy yordam körsatilganida paydo bölgan bölardi, Fransiya esa sönggi ikki yil davomida bunday qilmadi».
Nikolas Drammond, harbiy tahlilçi, britan armiyasining sobiq zobiti (X ijtimoiy):
«Makronning nutqi — bu tomoşabinlar uçun tomoşa, uning xalqaro maydondagi imijini yaxşilaşga qaratilgan harakat. Fransiya yoki NATOning qaysidir mamlakati harbiylarini Ukrainaga yuborişi dargumon. Rossiya va Putinga qarşi proksi-uruşlarni körişimiz ham mumkin, ammo töğridan töğri iştirok etiş istagi umuman yöq. NATO kuçlari harakatga kelişi uçun Beşinçi moddani [Şimoliy Atlantika şartnomasining NATO a’zosiga hujum butun alyansga hujum sifatida qabul qilinişi haqidagi moddasi] faollaştirişni talab qiluvçi voqea sodir bölişi kerak».
Britaniyaning Financial Times gazetasi:
«[Makronning] yanada tajovuzkor pozitsiyasi Ukrainaning Rossiyaning tobora kuçayib borayotgan, Moskva bir neça oylik turğunlik davridan keyin yangi hududlarni egallab olişiga olib kelgan hujumlariga qarşi turiş uçun harbiy yordamni kuçaytiriş böyiça sörovlari ortidan yuzaga keldi».
«Yevropa mamlakatlari AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp yana Oq uyga qaytişi, bu Vaşington Ukrainani qöllab-quvvatlaşni töxtatişi hamda Amerika bilan Yevropadagi xavfsizlik haqidagi kelişuv zaiflaşişiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda».
«Yevropa poytaxtlarida Rossiya nafaqat Ukrainaga, balki yanada kattaroq xavf tuğdirib, Şarqiy Yevropadagi NATO mamlakatlariga bosqin boşlaşi mumkinligi haqidagi tuşunça ham bor».
Emmanuel Makronning kelgusida Ukrainaga xorijiy kontingent yuborişning faraziy imkoniyati haqidagi bayonoti «çuqur zarbalar beriş uçun örta va uzoq masofalarga harakatlanuvçi raketa hamda bombalar» yetkazib beriş va’dasi bilan birga keldi.
Uşbu bayonotlarning har biri öz-özidan Ğarb va Rossiya munosabatlarida yaşirin bölgan şartli «qizil çiziqlar»ni buziş hisoblanadi.
Fransiya prezidenti aynan qanday raketalarni nazarda tutgani unçalik aniq emas, çunki raketalarning «örta masofa»si turli xalqaro klassifikatsiyalarga köra 1000 kilometrdan boşlanişi ham mumkin, bu esa «katta» degani.
Ammo amalda şunday böldiki, Ukrainadagi uruşda «uzoq masofali» deganda odatda «taktik» deb atalgan va maksimal 300 kilometrga uçadigan ATACMS raketalari tuşunilmoqda. Ukraina ançadan buyon AQŞdan bunday raketalarni olişni istaydi, ammo hozirça bunday qurollar muntazam ravişda yetkazib berilişi yölga qöyilmagan.
Makronning «uzoq masofali» raketalarni yetkazib beriş imkoniyati haqidagi sözlarini öz ma’nosida, baribir endi mavjud bölmagan «Örta va kiçik masofali raketalarni qisqartiriş töğrisidagi kelişuv» matni bilan soliştirib qabul qiliş şart emas.
Bu örinda «uzoq masofali» şartli siyosiy tuşunçadir.
Bu yevropalik yetakçilar Ukrainaga Rossiya hududidagi nişonlarga zarba bera oluvçi raketa va bombalarni taqdim etadigan koalitsiya tuzişga kelişib olganini anglatişi mumkin.
Makronning sözlari yangragan konferensiyada qatnaşgan Germaniya kansleri Olaf Şols mojaroning bunday rivojiga qarşi ekani haqida gapirgandi.
Şols duşanba kuni Ukrainaga Taurus raketasi yetkazib berilişiga qarşiligini yana bir bor ta’kidladi. Uning fikriça, Kiyevga Rossiya hududiga yetib borişi mumkin bölgan bunday qurol yetkazib berilişi uruşni avj oldiradi.
AQŞ şu vaqtgaça Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib bermadi, bu ham aynan «qizil çiziq»ni bosib ötmaslik - Ukraina qurolli kuçlariga Rossiya hududini öqqa tutiş imkoniyatini taqdim etmaslik istagi bilan boğliqligi aytiladi.
Makronning Ukrainadagi uruşda xorijiy kontingentning faraziy iştiroki haqidagi sözlari bu liniyadagi yanada jiddiy qoida buzilişidir. Voqealarning bunday rivoji ehtimoli töğrisida turli darajalarda gapirilgandi, ammo endi bu gap NATOning Yevropadagi yirik a’zosi rahbari tilidan çiqmoqda.
Uruş boşlanganidan buyon Yevropada Rossiya va NATO mamlakatlari örtasida ötkazilgan «qizil çiziq» köz öngimizda erib bormoqda.
Masalan, Yevropadagilar sönggi vaqtlarda Rossiya NATOga a’zo mamlakatlar bilan mojaro boşlaşi mumkinligi haqida köp gapirilmoqda va bu yadro uruşiga aylanib ketişidan çöçişmayapti.
Öz navbatida, Rossiya taktik yadro qurollarini oçiqçasiga bir joydan boşqa joyga harakatlantirmoqda, bu bir tomondan taqiqlanmagan, ammo boşqa tomondan - uruş şaroitida ğarb dunyosini qörqitişga qaratilgan harakat.
Endi Makronning ğarb kontingenti - NATOning emas - uruşda iştirok etişi mumkinligi töğrisidagi xayoliy va faraziy körinayotgan sözlari Rossiyadagilarni asabiylaşişga majbur qilmoqda.
Boşqa tomondan, Ğarb mamlakatlarining Ukrainaga oğir qurollar yetkazib berilişi Rossiya tomonidan qat’iy javob qaytarilişiga sabab bölişi mumkinligi borasidagi xavotirlari amalga oşmadi.
NATOning bir qança davlatlari Makronning bayonoti yuzasidan raddiya berişga şoşildi, lekin Rossiya va NATO örtasidagi munosabatlarda asosli yoki asossiz ravişda kuzatilgan, yozilmagan çeklovlar asta-sekin bekor bölayotganga öxşamoqda.
Bu «salyami taktikasi»ga ham öxşaydi. Bunday taktikaga köra, raqiblar kelişuv şartlarini qöpol buzişmaydi, raqibdan ma’lumot çiqarib oliş uçun tuzoq sifatida uruş keltirib çiqarmaydigan darajadagi kiçik qadamlar taşlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi