Muxolifatçi siyosatçi Boris Nemsov Moskvada öldirilganining töqqiz yilligi munosabati bilan – 27 fevral, seşanba kuni Rossiya qator şaharlari aholisi siyosiy qatağon qurbonlari yodgorliklari poyiga gul qöydi. Ayrimlar 16 fevral kuni Rossiya koloniyasida vafot etgan siyosatçi Aleksey Navalniyning suratlarini ham yodgorliklarga olib keldi.

Ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida yozilişiça, Boris Nemsovni Moskva, Samara, Vladivostok, Tomsk, Novosibirsk, Barnaul va boşqa şaharlar aholisi xotirlagan. Rossiya poytaxtida köpçilik «Nemsov köprigi» deb ataydigan Bolşoy Moskvoretskiy köprigida muxolifat yetakçisi öldirilgan joyga odamlar gullar va şamlar olib keldi. «Mojyem ob’yasnit» Telegram-kanali yozganidek, köprikda politsiya navbatçilik qilgan. Biroq qölga olinganlar haqida xabar berilmagan. 

AQŞning Rossiyadagi elçisi Lin Treysi ham Bolşoy Moskvoretskiy köprigiga gullar olib keldi. «Boris Nemsovning merosi rossiyaliklar va butun dunyo xalqlarini korrupsiyaga qarşi kuraşiş, söz erkinligi va inson huquqlarini himoya qiliş uçun ilhomlantirişda davom etmoqda», — deyiladi AQŞning Rossiyadagi elçixonasi X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida. 

Sankt-Peterburg aholisi Solovetskiy toşiga töqqiz yil avval öldirilgan siyosatçi xotirasiga gullar olib keldi. 

Boris Nemsovning öldirilişi 

Boris Nemsov 2015 yilning 27 fevral kuni keçqurun Kremldan yuz metr uzoqlikdagi Bolşoy Moskvoretskiy köprigida otib öldirilgan. Sud beş nafar Çeçeniston fuqarosini aybdor deb topdi va uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qildi, ular orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Bular Zaur Dadayev (qotillikning bevosita ijroçisi), aka-uka Anzor va Şadid Gubaşev, Temirlan Eskerxanov va Xamzat Baxayevdir. 

Qotillik taşkilotçilari hozirça aniqlanmagan. Nemsovning tarafdorlari va qarindoşlari tergovni tanqid qilgan, ularning aksariyati siyosatçi öldirilişiga Çeçeniston yoki Rossiya rahbariyati aloqasi borligiga işonçi komil. 

2015 yilda Nemsovning yaqinlari IHeSga murojaat qilgan. 2023 yil iyulida sud Rossiyada muxolifat yetakçisining öldirilişi böyiça samarali tergov ötkazilmagani haqida qaror çiqardi. Şu munosabat bilan Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining 2-moddasi («Yaşaş huquqi») buzilgan. Rossiya davlati siyosatçining jabrlanuvçi sifatida tan olingan qizi Janna Nemsovaga 20 ming yevro miqdorida tovon tölaşi kerak, deb qaror qildi IHeS.