Vişegrad guruhiga kiruvçi davlatlar – Çexiya, Slovakiya, Polşa va Vengriya Ukrainadagi uruş sabablari va bu mojaroni hal qilişning mumkin bölgan yöllari haqida umumiy fikrga ega emas. Bu haqda Çexiya boş vaziri Petr Fiala 27 fevral, seşanba kuni Pragada bölib ötgan Vişegrad guruhi sammitidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U, şuningdek, Çexiya va Polşa Ukrainaga harbiy yordam körsatişda iştirok etayotganiga e’tibor qaratdi, Vengriya va Slovakiya esa buni Vişegrad guruhidagi şeriklari bilan «qilmayapti».
Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari haqida
Öz navbatida, Slovakiya hukumati rahbari Robert Fitso Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroning «harbiy yeçimi yöqligini» aytdi. «Faqat zudlik bilan öt oçişni töxtatiş muayyan murosa va kelişuvlar, muzokaralar ötkaziş uçun joy yaratadi», dedi u. Fitso fikriça, Ukraina ham, Rossiya ham xavfsizlik kafolatiga muhtoj.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban: «Uruşni faqat muzokaralar yöli bilan tugatiş mumkin», dedi. Orban Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi xalqaro huquqni buziş ekanligiga, Kiyev yordamga muhtojligiga diqqat qaratdi. Biroq, Vengriya hujumga uçragan davlatga qurol yetkazib bermaydi, deya qöşimça qildi u. Şu bilan birga, Vengriya Kiyevga gumanitar va moliyaviy yordam körsatişga tayyor.
Şu bilan birga, Petr Fiala bu yondaşuvga qöşilmasligini aytdi. «Rossiyaga yon beriş orqali uzoq muddatli tinçlikka erişiş mumkin emas», dedi u. Öz navbatida, Polşa boş vaziri Donald Tusk: «Ukraina davlatining mustaqilligi haqida gap ketganda, murosaga örin yöq», deb ta’kidladi.
Pragadagi Vişegrad törtligi sammitining boşqa mavzulari
Visegrad guruhi sammitida muhokama qilingan boşqa mavzular orasida Yevropadagi fermerlarning noroziliklari, 2050 yilgaça Yevropa Ittifoqi yaşil kelişuviga erişiş masalasi, atom energiyasidan foydalanişni kengaytiriş böyiça hamkorlik va noqonuniy migratsiyaga qarşi birgalikda kuraş böldi.













