Yevroparlament (YeP) 27 fevral, seşanba kuni Yevropa Ittifoqining ekologik jinoyatlarga qarşi kuraş böyiça yangilangan direktivasini köpçilik ovoz bilan ma’qulladi. YeP saytida xabar qilinganidek, Yevroparlamentning 499 deputati hujjat uçun ovoz berdi, 100 nafari qarşi çiqdi, yana 23 nafari esa betaraf qoldi.

Hujjatda atrof-muhitga qarşi jinoyatlar röyxatini kengaytiriş va ularga nisbatan jazo çoralarini kuçaytiriş nazarda tutilgan. Jiddiy ekologik huquqbuzarliklar qatoriga örmonlarni noqonuniy kesiş natijasida olingan yoğoçning noqonuniy muomalasi, atrof-muhitga zararli maşina qismlarini noqonuniy utilizatsiya qiliş, zararli kimyoviy moddalarni işlatiş va yöq qiliş qoidalarini buziş kiradi. 

Yangi direktiva Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida çop etilgandan keyin kuçga kiradi. A’zo davlatlar buni milliy qonunçiligida mustahkamlab qöyişi uçun ikki yil vaqt beriladi. 

Oğir jarimalar va qamoq jazolari 

«Yevropa Ittifoqi darajasida transçegaraviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş, kelgusida ekologik jinoyatlarning oldini oliş uçun izçil va töxtatuvçi sanksiyalardan foydalaniş vaqti keldi», dedi Niderlandiyadan Yevroparlament deputati Antonius Manders. Uning qayd etişiça, yangi qonunçilikka köra, korxonada atrof-muhit ifloslanişiga mas’ul bölgan rahbarlik lavozimini egallagan şaxslar korxona bilan teng javobgarlikka tortilişi mumkin. 

Jismoniy şaxslar va kompaniyalar tomonidan sodir etilgan ekologik jinoyatlar yetkazilgan zararning uzoq davom etişi, oğirligi yoki qaytarilişiga qarab sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Ölimga olib keladigan qasddan ekologik jinoyatlar uçun barça Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida şaxslar 10 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Atrof-muhitga qarşi jiddiy jinoyatlar uçun kompaniyalar global yillik aylanmasining 5 foizigaça jarimaga tortiladi yoki 40 million yevrogaça tölaydi.