Agentlik xabariga köra, masofaviy monitoring tartibidagi örganişlarda quyidagi davlat buyurtmaçilari umumiy qiymati 1 mlrd sömdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilişi holatlari aniqlangan:
- Toşkent şahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasining 432 million sömlik;
- Çapqirğoq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boşqarmasining 79,9 million sömlik;
- Amu-Buxoro maşina kanali Olot tuman boşqarmasining 533,2 million sömlik.
Uşbu davlat xaridlari böyiça buyurtmaçilarga agentlik taqdimnomalari kiritilib, xarid komissiyasining ğolibni aniqlaş böyiça bayonnomalari bekor qilindi.
Davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişiga yöl qöygan şaxslarni tegişli javobgarlikka tortiş maqsadida töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.













