28 fevral kuni Senatda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisi ötkazildi. Unda IIVning 2023 yilda huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning profilaktikasi borasida tegişli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi işlari yuzasidan axboroti eşitilgan.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yilda Özbekistonda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 82,7 foizi foş etilgan, qidiruvdagi 7 563 nafar şaxs uşlangan, bedarak yöqolgan 450 nafar şaxs topilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib sodir etilgan 6 455 ta jinoyat aniqlangan.

Yil yakuni böyiça mamlakatdagi 9 442 ta mahalladan 2 972 tasida yoki 31,5 foizida jinoyat sodir etilmagan. Jinoyatlar köpaygan 2 298 ta yoki 24,3 foiz mahalla “qizil” toifaga kiritilgan.

Tazyiq va zöravonlikka uçragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Ötkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 17 327 ta oila yaraşgan, oilaviy muammolar va zöravonlikka duç kelgan 1 450 nafar xotin-qiz Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlariga joylaştirilgan.

Yiğilişda amalga oşirilgan ijobiy işlar bilan birga, huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning profilaktikasi yönalişida muayyan kamçiliklar, öz yeçimini kutayotgan masalalar va töliq foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjudligi aytib ötilgan.

Xususan, 2023 yilda mamlakatda 104 096 ta jinoyat röyxatga olingan bölib, ularning 74 202 tasi yoki 71,3 foizi hisobot yilida sodir etilgan. Jami jinoyatlar soni mamlakat böyiça har 100 ming aholiga 289 tadan töğri kelgan. Uşbu salbiy körsatkiç Toşkent şahrida 735 tani, Toşkent viloyatida 415 tani, Sirdaryoda 378 tani, Farğonada 328 tani taşkil etgan.

Qayd etilişiça, profilaktika inspektorlari faoliyatining sustligi oqibatida oldini oliş imkoniyatlari mavjud bölgan jinoyatlar hanuzgaça jami jinoyatlarning salmoqli qismini taşkil etmoqda.

Şuningdek, oilalardagi notinçlik, nizolarning öz vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatçilikning e’tiboridan çetda qolganligi oqibatida öta oğir jinoyatlar sodir etilmoqda.

Jumladan, 2023 yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmuş doirasidagi nizolar oqibatida kelib çiqqan.

Yoşlarning muammolarini bartaraf etişga lozim darajada e’tibor qaratilmaganligi oqibatida 2023 yilda yoşlar va voyaga yetmaganlar örtasida sodir etilgan jinoyatlar 2022 yilga nisbatan 5,3 foizga ortgan.