Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulov Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi manzil koloniyada jazo ötamoqda. Bu haqda uning qizi Ra’no Pardayeva Kun.uz bilan boğlanib, ma’lum qildi. Bu ma’lumotni Oliy sud matbuot xizmati ham tasdiqladi.

20 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilişda ayblangan sobiq amaldor Jizzax şahrida 6 qavatli binoning bir qismi qulaşi ortidan işdan olingan va 27 nafar sudlanuvçi qatorida iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Avvalroq, Kun.uz bir-biridan mustaqil ikki manbaga tayanib Akrom Rahmonqulov oçiqda ekani haqida yozgandi.

Jinoyat ijroiy kodeksining 114-moddasiga köra, manzil-koloniyalarda mahkumlar:

  • soqçisiz, ammo nazorat ostida saqlanadi;
  • ertalab örindan turişdan keçki yotişgaça bölgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurişi mumkin;
  • agar ular bajarayotgan iş yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan taşqarida nazoratsiz yurişlari mumkin;
  • fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradi;
  • pul va qimmatli buyumlarni saqlaşi, ulardan çeklanmagan miqdorda foydalanişi mumkin;
  • işdan böş vaqtda çeklanmagan miqdorda telefon orqali sözlaşişlari, posilka, yöqlov va banderollar olişlari hamda jönatişlari mumkin;
  • öz şaxsiy mablağlari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yöqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravişda ovqat tayyorlaşni amalga oşiradi.

Mahkumlar çeklanmagan miqdorda qisqa muddatli uçraşuvlar, yil mobaynida 24 marta uzoq muddatli uçraşuvlar oliş huquqiga ega.

Uçraşuvlar, qoida tariqasida, işdan böş vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uçraşuv ötkaziş imkoniyati bölmasa, uçraşuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan taşqarida, uşbu koloniya joylaşgan tuman (şahar) hududida ötkazilişi mumkin.

Mahkumlar xonalarga bölingan yotoqxonalarda yaşaydi. Saqlaş rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boşliği qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylaşgan tuman (şahar) hududida oilasi bilan alohida yaşaşga ruxsat berilişi mumkin. Bunday şaxslar içki tartib qoidalarida belgilab qöyilgan tartibda röyxatdan ötiş uçun hozir bölişlari şart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yaşayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirişi mumkin.